12-muhim ma’lumot. Suitsidentning qanchalik kayfiyati yaxshi bo’lsa,
shunchalik tahdid mavjud. Go’yoki inqirozli holatdan chiqayotgan o’smirning o’z
joniga qasd qilishi ko’pchilik uchun kutilmagan holat hisoblanadi. Ko’pchilik yoshlar
hayotlarida bir marta o’zlarini o’ldirishga urinib ko’rganlar; ikkinchi marta suitsidga
urinayotgan o’smirlar uchun eng xavfli vaqt birinchi urinishdan 80–100 kun
o’tgandan keyin bo’ladi. Birinchi urinishdan keyin o’smir hayot bilan vidolashishda
atrofidagilarning yordamini his qiladi. Do’stlari, ota-onasi, o’qituvchilari unga e’tibor
qaratishadi va unda hamma uni yaxshi ko’radigandek hissiyot uyg’onadi.
Biroq, 3 oydan so’ng hayot avvalgi holiga qaytadi. Do’stlar, ota-otalar,
o’qituvchilar avvalgidek, suitsidentga g’amxo’rlik qilishadi, lekin hayot o’z oqimida
davom etadi, ularda undan ham muhimroq ishlar paydo bo’ladi. Ayniqsa, o’smirning
kayfiyati a’lo – hammaga xavf ortda qolgandek tuyuladi.
Suitsidal urinishdan so’ng o’smir normal holatga sekin-asta qaytadi. Suitsidga
undagan qo’rquv va noxushliklar oxirigacha o’tib ketmagan bo’ladi. Mana nima
uchun, ayniqsa, bu bosqich xavfli: o’smirning hamma vasiylari o’z ishlari bilan
bandlar, hamma undan yuz o’girgandek tuyuladi va uning xayoliga atrofidagilarning
e’tiborini “qaytarish” uchun yana suitsidga urinib ko’rish fikri kelishi mumkin.
Ba’zida suitsidal fikrni o’zidan batamom chiqarib tashlash uchun kamida 3 oy
kerak bo’ladi. Bu vaqt ichida vaziyat yaxshi tomonga o’zgarmagani ma’lum bo’ladi:
yaxshi ko’rgan qizi qaytmadi, baholari yaxshilanmadi, spirtli ichimlik yoki
narkotikka ishtiyoqi so’nmagan. Bu paytda ularning xayoliga kelgan birinchi fikr –
takroran hayot bilan vidolashuvga urinish. Ular suitsidal urinishni 2 marta
qo’shimcha quvvat bilan rejalashtiradilar.
Bu vaqtda ularning do’stlari hushyor bo’lib turishlari kerak. Senga do’sting
birinchi urinishdan keyin “tuzalgandek” ko’rinadi, bu vaqtda u ikkinchi marta
suitsidga qo’l uradi. Uning ko’rinishi judayam baxtli, axir u o’zicha: “Hechqisi yo’q,
yaqinda hammasi tugaydi”, deb o’ylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |