Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

6.Savollar bering. Agar siz unga shamali savol bersangiz, ya’ni: “O’z joningga 
qasd qilmoqchi emassan, deb umid qilsam bo’ladimi?” u siz eshitmoqchi bo’lgan 
javobni qaytaradi. “Yo’q” desa, unda suitsidal inqrozni hal qilishga yordam 
berolmaysiz. 
Inqroz vaqtida eng yaxshi usul, bu g’amxo’rlarcha to’g’ri savol berish: “Sen 
o’z joningga qasd qilmoqchimisan?” Unda boshqacha fikr uyg’onadi, ya’ni nihoyat 
kimnidir topadi, uning kechinmalari kimgadir befarq emasligi, kimdir bu mavzuni 
muhokama qilishga roziligini bilgach, engil tortadi, o’z tuyg’ularini tushunib etish 
imkoniyati tug’iladi. 
Xavotirli vaziyat haqida xotirjam va tushunarli qilib so’rash mumkin: 
“Qachondan beri sen umidsizlikka tushding?”, “Nima deb o’ylaysan, nimaga senda 
bunday tuyg’ular paydo bo’ldi?”, “Senda o’lish haqida aniq tasavvur bormi?”, “ Agar 
ilgari ham o’lish haqida o’ylagan bo’lsang, nima seni to’xtatib qolgan?” Suitsidentga 
fikrlarini to’plab olishga yordam berish uchun ba’zida uning javoblaridan iboralar 
keltirish mumkin: “Boshqacha so’zlar bilan sening aytishingcha...” Sizning uni 
tinglashingiz va siz bilan bo’lishishni istagan mavzuda muhokama qilishingiz, 
qizishib turgan odam uchun engillik tug’diradi, uni muhokama qilayotganingizdan 
vahimaga tushadi. 
7.Noo’rin 
taskin 
bermang. 
Psixologik 
himoyaning 
eng 
muhim 
mexanizmlaridan biri ratsionalizatsiya hisoblanadi. Mabodo kimdandir suitsidal 
tahdid haqida eshitsangiz, “Yo’q, aslida sen bunday deb o’ylamaysan”, deyish istagi 
paydo bo’lishi mumkin. Bunday xulosaga kelishga sizning shaxsiy xavotiringizdan 
tashqari, hech qanday asos ko’zga tashlanmaydi. Agarda siz qiziqish va rahmdillik 
ko’rsatmasangiz, depressiyaga tushgan odam “Sen aslida bunday deb o’ylamaysan”, 
degan mulohazani xo’rlanish va ishonchsizlik, deb baholaydi. Agar mehr va 
g’amxo’rlik bilan suhbatlashsangiz, unda o’z joniga qasd qilish tahdidi kamayadi. 
Aks holda, u samimiylik, g’amxo’rlikka muhtoj bo’lib turganda siyqasi chiqqan 
taskinlar bilan uni suitsidgacha olib borish mumkin. Suitsidal odamlar “Hechqisi 


93 
yo’q, hammada ham senda mavjud bo’lgan shunaqa muammolar bor”, degan 
tanbehlardan nafratlanadilar. Bunday xulosalar ularni keraksizdek his qilishga majbur 
qiladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling