Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


 Suitsidal xulq-atvorning sabablari, vazifalari, shakllari


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

1.2. Suitsidal xulq-atvorning sabablari, vazifalari, shakllari 
Suitsidning sabablari juda murakkab va ko’pchilikni tashkil qiladi. Buning 
sabablari insonning biologik, genetik, psixologik va ijtimoiy tomonlaridan izlash 
mumkin. O’smirlar bunga qaramasdan ekstremal vaziyatlarda – jamoat oldida 
kamsitish, o’qishdagi muammolar, sotqinliklar natijasida– suitsidga qo’l uradilar. 
Ko’pchilik ekspertlarning taxminicha, bu suitsid uchun sababdan ko’ra bahona 
bo’ladi. E.Shneydman hamma suitsidentlarga xos umumiy xususiyatlarni sanab 
o’tgan: 
-hamma suitsidentlarning umumiy maqsadi – echim qidirish. Har bir 
suitsidning maqsadi o’z oldida turgan muammolarga, kuchli qayg’uga echim topish; 
-suitsidda umumiy qo’zg’atuvchi sabab chidab bo’lmaydigan psixologik 
(qalban) og’riqlar hisoblanadi. Bu og’riq, qiynalish, azoblanish, qalban aziyat 


10 
chekishda ko’rinadi. Chidab bo’lmaydigan qalban og’riqlar o’sha narsadan qochish
qutulish hisoblanadi. Hech kim xursandchilikdan suitsidga qo’l urmaydi; 
-umumiy suitsidal hissiyot yordamga muhtojlik hisoblanadi. Suitsidal 
holatda odam umidsizlik, kuchsizlik, g’amginlik ko’p hollarda depressiyaga tushadi; 
-suitsidning umumiy ichki holati ikkilanish hisoblanadi. Bu bir-biriga 
qarama-qarshi tuyg’ular, ya’ni sevgi va nafrat tuyg’ularini bir vaqtda boshdan 
kechirish. Har bir suitsident o’lishni, lekin shu bilan bir vaqtda uni qutqarib 
qolishlarini xohlaydi; 
-suitsidda umumiy harakat qochish hisoblanadi. O’z joniga qasd qilishdan 
maqsad biron narsadan qochish hisoblanib, uning fikricha, eng muhimi o’z hayotini 
o’zgartirish; 
-hayotda o’zini tutishning umumiy qonun-qoidalariga muvofiqlik ob’ektiv 
qonuniyat hisoblanadi; 
I.V.Konochuk tomonidan suitsidning 3 ta asosiy vazifasini sanab o’tgan: 
1.Murojaat, “yordam so’rash”. 
2.Muammolarni hal etishdan qochish, “chidab bo’lmas og’ir hayotiy 
vaziyatlardan uzilish”. 
3.Emotsional zo’riqishlarni yo’qotish usuli sifatida munosabat bildirish. 
G.Seyr suitsidal harakat oldidan hissiyotlarni tahlil qilib, o’z joniga qasd 
qilishning 4 ta asosiy sabablarini belgilagan: 
-yakkalanib qolish (hech kim seni tushunmaydi, sen bilan hech kimning ishi 
yo’qdek his qilish); 
-ojizlik (hayotingni nazorat qila olmaysan, hammasi senga bog’liq emasdek his 
qilish); 
-umidsizlik (kelajakdan hech qanday yaxshilik kutmaslik); 
-o’zini ahamiyatsizdek his qilish (qadr-qimmati tahqirlangan, o’ziga past 
baho berish, biror masalani hal qilolmasligidan qayg’urish, o’zidan uyalish). 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling