10
chekishda ko’rinadi. Chidab bo’lmaydigan qalban og’riqlar o’sha
narsadan qochish,
qutulish hisoblanadi. Hech kim xursandchilikdan suitsidga qo’l urmaydi;
-umumiy suitsidal hissiyot yordamga muhtojlik hisoblanadi. Suitsidal
holatda odam umidsizlik, kuchsizlik, g’amginlik ko’p hollarda depressiyaga tushadi;
-suitsidning umumiy ichki holati ikkilanish hisoblanadi. Bu bir-biriga
qarama-qarshi tuyg’ular, ya’ni sevgi va nafrat tuyg’ularini
bir vaqtda boshdan
kechirish. Har bir suitsident o’lishni, lekin shu bilan bir vaqtda uni qutqarib
qolishlarini xohlaydi;
-suitsidda umumiy harakat qochish hisoblanadi. O’z joniga qasd qilishdan
maqsad biron narsadan qochish hisoblanib,
uning fikricha, eng muhimi o’z hayotini
o’zgartirish;
-hayotda o’zini tutishning umumiy qonun-qoidalariga muvofiqlik ob’ektiv
qonuniyat hisoblanadi;
I.V.Konochuk tomonidan suitsidning 3 ta asosiy vazifasini sanab o’tgan:
1.Murojaat, “yordam so’rash”.
2.Muammolarni hal etishdan qochish, “chidab bo’lmas og’ir
hayotiy
vaziyatlardan uzilish”.
3.Emotsional zo’riqishlarni yo’qotish usuli sifatida munosabat bildirish.
G.Seyr suitsidal harakat oldidan hissiyotlarni tahlil qilib, o’z joniga qasd
qilishning 4 ta asosiy sabablarini belgilagan:
-
yakkalanib qolish (hech
kim seni tushunmaydi, sen bilan hech kimning ishi
yo’qdek his qilish);
-
ojizlik (hayotingni nazorat qila olmaysan, hammasi senga bog’liq emasdek his
qilish);
-
umidsizlik (kelajakdan hech qanday yaxshilik kutmaslik);
-
o’zini ahamiyatsizdek his qilish (qadr-qimmati tahqirlangan, o’ziga past
baho berish, biror masalani hal qilolmasligidan qayg’urish, o’zidan uyalish).
Do'stlaringiz bilan baham: