Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Adabiyotlarda o’smirlar suitsidining turli sabablari yoritilganini uchratish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Adabiyotlarda o’smirlar suitsidining turli sabablari yoritilganini uchratish 
mumkin: 
1.Shaxsiy hayotdagi mojarolar. 


11 
2.Yolg’izlik. 
3. Mohirlik bilan ta’sir etish. 
4.Javobsiz his-tuyg’ular. 
5.Nostandart moslashuv. 
6. Etnik an’analarning buzilishi. 
7. O’z joniga qasd qilish irsiyat bilan bog’liqligi. 
S.V.Borodin va A.S.Mixlinlar tomonidan quyida asosiy 4 ta suitsidal xulq-
atvor sabablar klassifikatsiya qilingan. 
Shaxsiy-oilaviy: 
-oilaviy mojarolar, ajralish (o’smir uchun ota-onaning ajralishi); 
-kasallik, yaqinlarning o’limi; 
-yolg’izlik, omadsiz sevgi; 
-jinsiy etilmaganlik; 
-atrofdagilar va boshqalar tomonidan haqoratlash, kamsitish. 
Sog’liqning holati: 
-psixik kasalliklar;
-somatik kasalliklar; 
-majruhlik. 
Jamiyatga qarshi xulq-atvor bilan bog’liq nizolar: 
-jinoiy javobgarlik xavfi; 
-sharmandalik yoki jazodan qo’rqish. 
Ish yoki o’qish bilan bog’liq mojarolar
Moddiy va maishiy qiyinchiliklar. 
Boshqa sabablar. 
Bundan tashqari, suitsidning sabablari (o’lim oldi yozilgan xatda ko’rsatilgan 
sabablar) kamdan-kam hollarda suitsidning haqiqiy sabablariga to’g’ri keladi. O’lim 
oldi xatlarni tadqiq qilgan E.Shneydmanning ta’kidlashicha, ba’zilarini istisno 
qilganda, bu xatlar judayam to’g’ri ma’lumot bermaydi. 
Suitsidal xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablari:


12 
A.G.Ambrumovaning fikricha, suitsidal xulq-atvorni to’g’ri tushunish uchun 2 
ta savolga javob berish zarur: odam nima uchun o’z joniga qasd qildi va nimaga bu 
ishga qo’l urdi. Birinchi savolga suitsidentning sharoitini tahlil qilib javob berish 
mumkin: hayotiy vaziyatlar, ya’ni suitsidga qo’l urishga olib kelgan holatlar
tashvishlarga asoslangan. Ikkinchi savolga suitsidal xulq-atvorning sabablarini 
o’rganib, odam nima uchun suitsidga qo’l urganini va qanday maqsadga erishmoqchi 
ekanligini taxmin qilib topish mumkin. 
Bir nechta xorijiy tadqiqotlar aynan shaxsdagi suitsidal xulq-atvor 
muammolariga bag’ishlangan. Mahalliy suitsidologiyada V.A.Tixonenkoning 
klassifikatsiyasi ommalashib, unda suitsidning 5 ta etakchi sabablari belgilangan: 
Xususan, “chaqiruv”, “norozilik”, “qochish”, o’zini o’zi jazolash” va “rad etish”.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling