Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidni yuzaga keltiruvchi omillari


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidni yuzaga keltiruvchi omillari 
Bir qator tadqiqotchi olimlarninng bolalar suitsidi muammolari doirasida 
o’tkazilgan izlanishlari natijasiga ko’ra, mazkur holat ko’proq oilada tartib-
intizomning yo’qligi sabab bo’layotganligi aniqlangan. Xususan: 
-oilada uzoq davom etgan mojarolar yoki ota-onaning ajralishi;
-o’smir ota-ona tomonidan o’zining yo’rig’iga yurgizishga intilishini ko’tarishi 
oson emasligi; 
-biron narsaga nisbatan bog’liqlikni yo’qotish, masalan, onaning yoki sevimli 
itining o’limi bola uchun og’ir kechinmadir; 


24 
-oilada eng muhimi katta oila vakilining yo’qligi. Bunday vaziyatda o’smirda 
ijtimoiy va psixologik yakkalik namoyon bo’ladi. 
2. Tarbiyada psixologik tenglikning yo’qligi. Keyingi omil oilaning ichki 
tarbiyasi mohiyatini anglatadi. Ta’lim muassasalarida pedagogik zo’ravonliklar 
doirasida olib borilgan qator tadqiqotlarda keltirilgan ayrim faktlarning 
haqqoniyligini tasdiqlaydi. U quyidagichadir: 
-shilqimlik, nasihatgo’ylik, munosabatlardan zerikish, da’vo va talabga 
nisbatan adolatsizlik; 
-psixik yoki shahvoniy tajovuz dalilining mavjudligi; 
-jismoniy tajovuz dalilining mavjudligi. 
3.O’smirlik yolg’izligi. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar guruhiga (masalan, 
sotsiometriya) tahqirlangan, xo’rlanganlar guruhi kiradi: 
-boshlang’ich maktabda (7–9 yosh) tahqirlanganlik statusi, ko’proq tashqi 
ko’rinishiga qaraladi, masalan, pala-partish, isqirt, iflos kiyim, noxush hid; 
-o’rta bo’g’inda (10–14 yosh) tahqirlanganlik statusi – o’qishdagi 
muvaffaqiyatlilik yoki aksi, muvaffaqiyatsizlik. Nazardan qolish kategoriyasiga 
a’lochilar ham, qoloq o’quvchilar ham tushadilar; 
-yoshlik davri uchun (14–18 yosh) shaxsiy faollik, jinsiy alomatlari bo’yicha 
mayl va afzallik. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling