Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Suitsidal xulq-atvor tahlikasining psixologik-psixiatrik omillari


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Suitsidal xulq-atvor tahlikasining psixologik-psixiatrik omillari 
Suitsidal xavfning muhim psixologik-psixiatrik omillari: psixik kasalliklar
suitsidal xulq-atvorga undaydigan individual-psixologik xususiyatlar, avval suitsid 
yoki o’ziga shikast etkazish urinishlarining ko’rinishlar va boshqalar. 
Psixik kasalliklarning mavjudligi o’z joniga qasd qilish ehtimolini oshiruvchi 
jiddiy omil hisoblanadi. Depressiya, shizofreniya, spirtli ichimlik ichish va 
narkotikka tobelik, shaxsiy kasallanishlar kabi psixik kasalliklarda suitsid tahlikasi 
juda yuqori ekanligi kuzatiladi. Turli ma’lumotlarga ko’ra, tugallangan suitsidga qo’l 
urgan 29–88% odamlar depressiyadan aziyat chekkanlar. O’z joniga qasd qilish – 
depressiyaga uchragan shaxslarning o’limiga asosiy sabab hisoblanadi.
Depressiyaga uchragan shaxslarning suitsid natijasida o’lim tahlikasi 12–20% 
ni tashkil etadi (A.G.Ambrumova). O’z joniga qasd qilganlarning 
2
G’

qismida 
depressiya aniqlangan. 
Shizofreniya o’z joniga qasd qilish ehtimolini oshiruvchi boshqa bir psixik 
kasallik hisoblanadi. Bu guruhda suitsidal xavf umumiy ommaga ko’ra, 30–40 marta 
ko’p kuzatiladi. Taxminan, 10–12 % shizofreniya bilan kasallanganlar o’z joniga 
qasd qilishi natijasida halok bo’ladilar. Xorijiy tadqiqotchilar shizofreniya bilan 
kasallanganlarda o’z joniga qasd qilish tahlikasi darajasini oshiruvchi quyidagi 
omillarni ko’rsatganlar: tez-tez psixik kasalxonalarga yotqizish, yuqori ta’sirchanlik, 
oila a’zolari yoki qarindoshlari orasida suitsidal holatni uchrashi, psixik va depressiv 
alomatlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, spirtli ichimliklar va narkotikka 
tobelik ham suitsidal xavfning yuqori darajasi deb belgilangan. Turli xorijiy 
mualliflarning ma’lumotiga ko’ra, spirtli ichimliklar va narkotik suiiste’moli 
natijasida o’z joniga qasd qilish orqali halok bo’lganlarning 30–35% ini tashkil 
qiladi. 
Xorijiy 
tadqiqotchilarning 
ko’rsatishicha, spirtli ichimliklar bilan 


21 
kasallanganlarning 7–15% o’z joniga qasd qilish natijasida vafot etadi, shu sababli 
suitsidal o’limning ko’p qismi o’rta yoshli erkaklarga to’g’ri keladi (D.I.Shustov). 
Ko’p miqdordagi tadqiqotlar suitsidal xulq-atvorga undagan individual-
psixologik xususiyatlar aks ettirishga bag’ishlangan. 
Masalan, M.V.Smirnovaning (2011) uqtirishicha, suitsidal xulq- atvorning 
shaxsiy tavsifnomasiga ko’ra, muhim o’rin egallovchi bir nechta omillar aniqlangan. 
Shuningdek, A.G.Ambrumovaning (1989) aniqlashicha, shaxsning hamma individual 
xususiyatlari suitsidal xulq-atvorni tushunish uchun asosiy o’zak hisoblanadi. Ilmiy 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling