Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
O’SMIR YOSHDA SUITSID XAVFLI BO’LGAN VAZIYATLARDA
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Eksploziv reaktsiya
- 3.O’zini chetga olish reaktsiyasi
- “Norozilik”
O’SMIR YOSHDA SUITSID XAVFLI BO’LGAN VAZIYATLARDA
REAKTSIYA TIPLARI (A.G.Ambrumova, E.M.Vrono, 1985,1989) 1.Deprivatsiya reaktsiyasi (ko’pincha, kichik va o’rta yoshlardagi o’smirlar). Ularga qiziqishlarning yo’qolishi, emotsional faollikdan ezilish, hech kim bilan sirlashmaslik, kamgaplik, salbiy kechinmalar xos. Shuningdek, anamnezda shafqatsiz avtoritar tarbiya bilan ham izohlash mumkin. 2.Eksploziv reaktsiya (ko’pincha, o’rta yoshlilar). Ularga asabiylashish, agressivlik, yuqori darajada liderlikka intilish (ko’pincha, asossiz). Anamnezda – kattalar uchun bu reaktsiyalar oiladagi tarbiyada an’ana tusiga kirgan. Bu hodisalarda suitsidal harakatlardan maqsad – xafa qilgan odamdan o’zining haqligini isbotlab qasos olishga intilishi bilan belgilanadi. Shuningdek, suitsidal harakatlar jazavaga tushish natijasida sodir etiladi. Suitsiddan keyin suitsidal harakatlarni darrov tanqid qilinmaydi, atrofdagilarga muxolif munosabat saqlanib qoladi. 3.O’zini chetga olish reaktsiyasi (balog’atga etmaganlik xususiyatlariga ega o’rta va katta o’smir yoshlar). Ularga emotsional beqarorlik, ta’sir ko’rsatish, mustaqil emaslik va boshqalar kiradi. Shuningdek, bu o’smirlar qarovsiz qolgan aqliy jihatdan etuk emasligi bilan belgilanadi. Suitsidal harakatdan maqsad – inson o’zidagi mavjud qiyinchiliklardan qochish hisoblanadi. O’smirlik davrining turli bosqichlarida – ilk ( 12–14 yosh), o’rta (15–16 yosh) va katta (17–18 yosh) suitsidal xulq-atvorning o’ziga xos xususiyatlari va jismoniy, ruhiy, shaxsiy, axloqiy ko’rinishlari bilan bog’liq. 16 Kichik o’smir yoshda suitsidal harakatga avvaldan tayyorlanmaydi, shuningdek, jazolanish tahdidi bo’lganda o’z joniga qasd qilishda to’g’ri kelgan vositadan foydalaniladi. Bu guruhga mansub o’smirlar o’z joniga qasd qilganda og’ir tibbiy asoratlar bo’lmaydi. Bunda o’lishga intilmaydi, ixtiloflardan qochish, og’ir vaziyatlardan qutulish istagi bo’ladi. O’rta yoshlilar guruhida suitsid xafa qilgan odam va atrofdagilardan qasos olish uchun namoyishkorona o’zini shikastlashga urinish bilan tavsiflanadi. Bunday suitsidga urinish jazavaga tushish, ixtiloflar paytida sodir etiladi va ko’pincha natijada og’ir tan jarohatlari olinadi. Ushbu yosh guruhidagi o’smirlarga serjahllik, emotsional o’zgaruvchanlik, sezgi-tuyg’u kechinmalari va dunyoqarashlari cheklangani, turli yolg’on holatlardan ta’sirlanish, umidsizlik, omadsizlik xususiyatlari xosdir. Bunday o’smirlar ruhiy zarbalarga chidamsiz, o’zini o’zi nazorat qilish malakalariga ega emasligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, yoshi qanchalik kichik bo’lsa, psixologik tizimda suitsidal xulq-atvorga agressiv yo’nalganlik shunchalik yaqqol ko’rinadi. Shunga muvofiq, 1–4 tipga berilgan chizgilarda agressiv tarkibiy qism kamayadi. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, xususan, suitsidogenning oilasi tashqaridan xotirjamdek ko’rinsa-da, ichkaridan yashirin nizoliligi kuzatiladi. Asotsial yo’nalishli oilada bola himoya mexanizmi rolida atrofidagilariga moslashadi. Etilib kelayotgan kichik yoshdagi bolaga oila ichidagi nizolar, o’rta va katta yoshdagilarga tengdoshlari va maktabdagi to’qnashuvlar suitsidga sabab bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik omillar suitsidal xulq-atvorning hamma ko’rinishlarini qo’zg’atishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ularning orasida eng birinchi o’rinda dezadaptatsiya omili turadi va u ijtimoiylashuvning buzilishi bilan bog’liq. Yuqoridagilarni tahlil qilib, suitsidal xulq-atvor shakllarini ajratib ko’rsatamiz: 1.Suitsidal xulq-atvorning “Norozilik” shakli mojarolar vaqtida paydo bo’ladi, bunda ob’ektiv bo’lim sub’ektga nisbatan dushmanlarcha va agressiv munosabatda bo’ladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling