Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


  1-BOB BOLALAR VA O’SMIRLAR O’RTASIDA SUITSIDAL XULQ-


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

 



1-BOB BOLALAR VA O’SMIRLAR O’RTASIDA SUITSIDAL XULQ-
ATVORNING KELIB CHIQISH VA RIVOJLANISH SABABLARI 
 
1.1.Suitsidal xulq-atvorga tegishli asosiy tushunchalar va uni rivojlanish 
dinamikasi 
 
Suitsid – qasddan o’limga olib keluvchi shikast etkazish (o’z joniga qasd 
qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga 
tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati, deb 
izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (etuklik) suitsid” atamasi ham 
qo’llaniladi. Bu butun bir ko’rinishga ega bo’lib, o’smirlar o’rtasida o’z joniga qasd 
qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova, E.M.Bruno, 
N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini 
ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan 
o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-psixologik moslashmasligi bilan 
bog’liq. Shunga ko’ra, o’z joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd 
qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksbenk o’zining izlanishlarida 
suitsid va parasuitsid (tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan 
qilingan, parasuitsidni esa o’limga olib kelmaydigan shikast etkazish harakati, deb 
belgilaydi.
Suitsidal xulq-atvor – bu suitsidal faollikning namoyon bo’lishi. Bu o’z ichiga 
suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar, suiqasd va unga urinishni o’z ichiga 
oladi. Haqiqiy suitsidal xulq- atvorda nafaqat puxta o’ylab o’z joniga qasd qilish
balki, ko’pincha, uzoq vaqt “tayyorlaniladi”. 
Suitsidal fikrlashda o’lim, suitsid yoki jiddiy o’ziga shikast etkazish 
tushuniladi. Suitsidal moyillik – umumiy tushuncha bo’lib, unga suitsidal fikrlash
shuningdek, insonning o’z joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi. Suitsidal 
urinish atamasini o’z joniga shikast etkazishga urinish yoki o’z joniga qasd qilish 
o’lim oqibatlariga olib kelishini bildiradi. Suitsidal urinishdan to’xtatish tushunchasi 



ko’proq tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi va shaxs o’z joniga qasd qilishga o’zini 
tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini o’zgartirishi bilan 
tavsiflanadi. Nihoyat, o’z joniga qasd qilish arafasida o’ziga shikast etkazayotganini 
tushunib qoladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling