49
―Ona yer‖ hikoyasini o‗qib berish orqali bolalarning
monologik nutqini
rivojlantirish, gapirganda so‗zlarni bir-biriga bog‗lab, ma'noli jumlalar tuzish
malakasini shakllantirish.
So‗zlayotganda so‗zlarni grammatik jihatdan to‗g‗ri tuzish,
surat asosida suhbat
davomida mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy ifodalardan foydalangan
holda hikoya qilish ko‗nikmalarini shakllantirish.
Bolalar
tarbiyachining savollari bo‘yicha hamda suratlarga qarab mazmunan
so‗zlab berishga o‗rgatish.
Hissiyotlar va ularni boshqarish
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga muhabbat uyg‗otish. Bu muhabbat
bilan bolalarni tabiatni avaylashga, asrashga, ehtiyotkorlik munosabatida bo‗lishga
o‗rgatish.
―Ona yerimizni asraymiz‖ nomli ta'limiy o‗yin
orqali bolalarni tabiatga
zarar yetkazmaslik, ekologiyani buzmaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, hayvon
va qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik, o‗t-o‗lanlarni bosmaslik, daraxt
shoxlarini sindirmaslik, qushlarga ozor bermaslik,
suvga axlat tashlamaslik, olov
yoqmaslik, gullarni yulmaslik,
buning oqibatida gullar, kapalaklar yo‗q bo‗lib
ketishi haqida tushuncha berish.
Do'stlaringiz bilan baham: