45
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga muhabbat uyg‗otish. Bu muhabbat
bilan bolalarni tabiatni
avaylashga, asrashga, ehtiyotkorlik munosabatida bo‗lishga
o‗rgatish.
Kerakli jihozlar: Momaqaymoq gulining gullagan payti, urug‗
boylagan payti
haqidagi manzarali rasmlar, videofilmlar.
Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi ta'limiy faoliyatning kirish qismida bolalarga bahor oyi birinchi
martdan boshlanishi, mart oyida dalalar ko‗klam
libosini kiyishi, boychechak,
chuchmoma, qoqio‗t, gunaf-shalar ochila boshlashi, momaqaymoqning rivojlanish
sikli —
bahorda barglari, g‗unchalari paydo bo‗lishi, gullashi, urug‗lariking
pishishi va ularning tarqalishi kuzatilgani haqida gapirib suhbatni boshlaydi.
1. Keng o‗tloqzordagi momaqaymoq gullari, momoqaymoq guli suratlarini ko‗rib
chiqish
2.R.Fayzning "Momoqaymoq" she'rini yod oldirish.
2. She'r asosida savol-javob o‗tkazish
4.Jismoniy daqiqa
5.Bolalarning she'r mazmuni haqidagi fikrlarini
muhokama qilish va
rag‗batlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: