54
- Nima uchun
tartibli, sarishtali bo‗lish - yaxshi odat hisoblanadi?
- Adib duradgorlik
asboblarini tartib bilan, joy-joyiga qo‗yar ekanmi? Adibning
otasi o‗g‗liga nima deb nasihat qiladi?Adib otasining nasihatini qulog‗iga
olibdimi? Bog‗bonning uyida Adibning ishi unumli bo‗ldimi? Kelinglar, birgaliqda
Adibning ish qilayotgandagi holatini kuzatamiz:
Birinchi marta, Adib nimani yo‗qotib qo‗ydi? Iskanani qaerdan topdi?
Ikkinchi marta, u qaysi asbobni yo‗qotib qo‗ydi? Arrani qaerdan topdi?
Uchinchi marta, -u qaysi asbobni yo‗qotib qo‗ydi? Randani qaerdan topdi?
Adibning ishi nima sababdan unumli bo‗lmaganligini, angladingizmi?
Fikringizni kengroq ifodalang.
O‗ylab ko‗ring-chi, Adib betartibligi tufayli yana nimani yo‗qotdi?(...) O‗zining va
otaxonning qimmatli vaqtini yo‗qotdi. Xalqimiz "O‗tgan vaqt yo‗qolgan
oltindan
qimmat"; "Vaqting ketdi, naqding ketdi"deydi. Agar odam bolaligidan tartibga,
saranjom-sarishtalikka o‗rgansa, kimmatli vaqtini
behuda qidir-qidirlar bilan
yo‗qotmaydi. Vaqtdan unumli foydalanadi. Ko‗p va kerakli ishlar qilishga
ulguradi.
Do'stlaringiz bilan baham: