Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari


Download 0.65 Mb.
bet12/22
Sana14.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1268589
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Биология Дастур магистр ўзбек 1

Oliy nerv faoliyati
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz reflekslar va instinktlar. Shartli reflekslar. Shartsiz va shartli reflekslarning tasnifi. Shartli reflekslarni hosil bo‘lish asoslari va shartlari, mexanizmlari. Shartli leflekslarning biologik ahamiyati. Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tormozlanish turlari. Ichki va tashqi tormozlanishning o‘ziga xos xususiyatlari. Tormozlanish mexanizmlari.
Dominanta va shartli refleks. Dinamik stereotip.
Motivatsiya va hissiyotlar. O‘zlashtirish (bilish) va xotira. O‘zlashtirishning funktsional asoslari. Xotira bosqichlari. Uzoq muddatli va qisqa muddatli xotiralarning mexanizmi. Ularning konsolidatsiyasi. Xotira bilan bog‘liq bo‘lgan miya qismlari. Deklarativ va protsessual xotira. Ish xotirasi. Uyqu va bedorlik fiziologiyasi. Miyaning assotsiativ tizimlari va hulq-atvor. Yarim sharlarning funktsional asimmetriyasi. Oliy nerv faoliyatining ontogenezda rivojlanishi.
Oliy nerv faoliyatining asosiy turlari. Odam nerv tizimining tipologik xususiyatlari.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari haqidagi ta’limoti. Nutq faoliyati.


Yurak va qon-tomir fiziologiyasi
Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak – nasos sifatida. Yurak klapanlari, yurak devorlari.
Yuraning elektr faolligi. Yurak muskullarining xususiyatlari. Peysmarkerlarning faolligi. Yurakda qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi. Yurak muskullarining membrana potentsiali. Refrakterlik davri. Elektrokardiografiya.
Yurak tsikli mexanikasi. Sistola va diastolada elektr jarayonlari, qonninghajmi va bosim o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Yurak tonlari. Yurak ishini boshqaruvi. Yurak ishini ko‘rsatkichlari. Yurak urish chastotasi. Yurakning sistolik va minutlik hajmlari. Yurak muskullarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi. Yurak toj tsirkulyatsiyasi. Yurak toj arteriyalari kasalliklari. Yurak ishini nerv va gumoral boshqarilishi.
Qon oqishining fizikaviy qonuniyatlari. Qon oqimi, bosimi va tomirlar qarshiligi o‘rtasida bog‘liqlik. Qon tomirlarining turlari.
Arteriyalar. Qon bosimi. Qon bosimiga ta’sir etuvchi omillar. Baroretseptorlardagi refleks. Tomirlarga bisim bilan ta’sir etuvchi omillar. Arterial puls. Qon bosimini bir xil saqlashda arteriyalarning roli. Gipertenziya. Gipotenziya. Tsirkulyator shok.
Arteriolalar. Asosiy qarshilik ko‘rsatuvchi tomirlar. Arteriolalar diametrining boshqaruvdagi o‘rni. Arteriolalarning yurak ishini izdan chiqarishdagi roli. Arteriolalarning qon bosimini bir xil saqlashdagi roli.
Kapillyarlar. Kapillyarlar – almashinuv tomirlari. Moddalarning kapillyar devorlari orqali diffuziyasi. Kapillyarlarda qon oqimining xususiyatlari. Limfaning hosil bo‘lishi va funktsiyalari. Shish.
Venalar. Yurakka qon olib keluvchi tomirlar.Venalar – rezervuar tomirlar sifatida. Venalarda qonning oqish xususiyatlari. Vena qon bosimi.
Qon harakatini nerv va gumoral boshqarilishi. Tomirlar innervatsiyasi. Tomirlar tonusini boshqaruvchi markaz. Tomirlar tonusini boshqarishda gipotalamus va po‘stloqning roli.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling