Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari


Download 0.65 Mb.
bet8/22
Sana14.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1268589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Биология Дастур магистр ўзбек 1

Xromosoma.
Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. Organizmlar xromosomalarining kariotipi va morfologiyasi. T. Morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi. Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi, belgilarning bir-biri bilan to’liq birikkan holda irsiylanishi, belgilarning to’liqsiz birikkan holda irsiylanishi (krossingover jarayoni). Krossingoverning genetik tahlili. Krossingoverning tsitologik isboti va mexanizmi Genetik xarita tuzish printsplari va sitologik xaritalar. Xromosomalarning genetik va tsitologik xaritalarini o’zaro taqqoslash. Odam kariotipi va xromosomalar birikish guruhlari. Transformatsiya va transduktsiya. Jins belgilanishi va irsiylanishining XY tipi. Jins belgilanishi va irsiylanishining ZW tipi. Jins belgilanishi va irsiylanishining XO tipi. Jins belgilanishi va irsiylanishining n - 2n (gaploid-diploid) tipi.
Genetik materialning o’zgaruvchanligi.
O’zgaruvchanlik va uning xillari. Mutatsion o’zgaruvchanlik va uning klassifikatsiyasi. Gen yoki nuqtali mutatsiyalar. Mutatsiya va DNK reparatsiyasining molekulyar mexanizmlari. Gen, xromosoma va genom mutatsiyalari. Poliploidiya va geteroploidiya. Avtopoliploidiya va aplopoliploidiya. Tsitoplazmatik mutatsiyalar. Spontan va indutsirlangan mutatsiyalar. Mutatsiyalarni o’rganish usullari. Evolyutsion va selektsion jarayonlarni o’rganishda mutatsiyalarning ahamiyati.
Populyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya.
Populyatsiyalar genetikasi va genetik struktura. Populyatsiyalarda genlar va genotiplar chastotasi. Xardi-Vaynberg qonuni. Populyatsiyalarning genetik geterogenligi. Populyatsiyalar genetik tarkibi dinamikasining omillari. Genetik gomeostaz.
Rivojlanishning genetik nazorati.
Hujayra tsikli va o’sma (rak)ning molekulyar genetikasi. Rivojlanish jarayonida genlar faolligining o’zgarishi. Gen ta’siri va transplantatsiya. Birlamchi tabaqalanish. Rivojlanishni boshqarish. Rivojlanishning diskretligi. Stadiyali (davriy) rivojlanish. Penetrantlik, ekspressivlik. Genetik jarayonlarni tizimli nazorati.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling