Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari
Xayotiy shakllar. Xayotiy shakllar bo‘yicha K.Raunkier va I.G.Serebryakov klassifikatsiyalari
Download 0.65 Mb.
|
Биология Дастур магистр ўзбек 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simliklar qoplamining tashqi muhit sharoitini xosil qiluvchi omillarga (ekotopga) ta’siri (suv rejimiga, edafik sharoitlarga, relefga va xokazolarga) va fitomuxit xosil qilishi.
- O‘simliklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Allelopatiya. Raqobat (tur ichida va turlararo). Tsenopopulyatsiyalarning yoshiga ko‘ra tarkibi.
- 2-QISM ZOOLOGIYA
Xayotiy shakllar. Xayotiy shakllar bo‘yicha K.Raunkier va I.G.Serebryakov klassifikatsiyalari.
Ekologik sistema, biogeotsenoz va fitotsenoz to‘g‘risida tushuncha. O‘simliklar qoplamining ekosistemadagi o‘rni. Fitotsenoz sistema sifatida va uning xossalari: murakkabligi, betakrorligi, barqarorligi va o‘z-o‘zini boshqara olishi. Fitotsenologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati. O‘simliklar qoplamining tashqi muhit sharoitini xosil qiluvchi omillarga (ekotopga) ta’siri (suv rejimiga, edafik sharoitlarga, relefga va xokazolarga) va fitomuxit xosil qilishi. O‘simlik jamoalari (fitotsenozlar) tarkibi va strukturasi: turlarga boyligi, strukturasi (sinmorfologiyasi). Vertikal va gorizontal struktura. Strukturasining tsiklik o‘zgarishlari. Biologik maxsulot va fitomassa. Sinuziya. O‘simliklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Allelopatiya. Raqobat (tur ichida va turlararo). Tsenopopulyatsiyalarning yoshiga ko‘ra tarkibi. O‘simliklar qoplamining dinamikasi (sindinamika). Uning asosiy shakllari. Suktsessiyalar. Florogenez va fitotsenogenez. Alfa – xilma-xillik, Beta – xilma-xillik, Gamma – xilma-xillik. O‘simliklar qoplamini klassifikatsiyalash (sintaksonomiya). Klassifikatsiyalashning axamiyati. Sintaksonomiya va taksonomiya. Asosiy sintaksonlar to‘g‘risida tushuncha. Fitotsenotik kontinuum. Klassifikatsiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar (turli ilmiy maktablarning qarashlari). 2-QISM ZOOLOGIYA Bir hujayralilar kenja olami. Hujayra – bir butun organizm sifatida. Bir xujayralilar (Sodda hayvonlar) tuzilishida ko‘p hujayralilarga xos xususiyatlarining namoyon bo‘lishi. Sodda xayvonlar xujayrasining ko‘p vazifaliligi va organellalari. Sodda hayvonlarning oziqlanish, harakatlanish, ayirish, ko‘payish va jinsiy jarayonlari. Ularning rivojlanishida jinsiy va jinssiz nasllar gallanishi. Tinch holati va tarqalish davrlari (tsistalar va sporalar). Sodda hayvonlar ekologiyasi va tarqalish muhiti. Sarkomastigoforalar tipi. Xivchinlilar kenja tipi. Xivchinlilar tuzilishida hayvon va o‘simliklarga xos umumiylik. O‘simliksimon xivchinlilar sinfi, ularning xususiyatlari. Hayvonsimon xivchinlilar sinfi va asosiy turkumlari. Patogen xivchinlilar, tuzilishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi va muhim vakillari. Parazitar kasalliklarning tabiiy manbasi haqida tasavvur. Suvni sanitariya xolatini baholashning biologik usullari. Suv havzalarini bioindikatsiyalashda xivchinlilarning ahamiyati. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar. Ko‘p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishida ularning ahamiyati. Sarkodalilar kenja tipi. Amyobasimon hujayra tuzilishi va uning xillari. Yolg‘onoyoqlilar-tuzilishi, vazifasi, xilma-xilligi. Sarkodalilar skeletlari. Jinsiy ko‘payish. Sistematikasi. Biosferada quyqasimon cho‘kma hosil bo‘lish jarayonining ahamiyati. Ularning bakteriyalar va zamburug‘lar bilan munosabati. Kasallik qo‘zg‘atuvchi amyobalar. Opalinalar kenja tipi. Opalinalarni infuzoriyalardan farqi. Rivojlanishi. Apikompleksa tipi. (Sporalilar tipi. Parazitizmni ularning xujayraviy tuzilishiga ta’siri. Tuzilishi va rivojlanish tsikllari. Klassifikatsiyasi va asosiy vakillari. Bezgak qo‘zg‘atuvchilari, ularning tashuvchilari va ularga qarshi kurash choralari. Asalarichilik va ipakchilikdagi amaliy ahamiyati. Astsetosporidiylar va Labirintulalar. Sporalarining tuzilishidagi o‘ziga xosligi. Ko‘p hujayralilarga o‘tishdagi oraliq holatlik. Infuzoriyalar yoki Kipriklilar tipi. Ularning xujayrasini murakkab tuzilishi. Kipriklarni xivchinlar bilan taqqoslash. Infuzoriyalar yadro apparatlarining xususiyati. Kon’yugatsiya. Klassifikatsiyasi va muhim vakillari. Kiprikli infuzoriyalar sinfi. Umumiy tavsif, tuzilishi, fiziologiyasi. Erkin yashovchi infuzoriyalar. Parazit infuzoriyalar. So‘ruvchi infuzoriyalar sinfi. Umumiy tavsifi. Kipriklarning yo‘qotish qobiliyati. Ularning ahamiyati. Bir hujayrali hayvonlarning filogeniyasi. Ko‘p xujayralilar kenja olami. Ularning kelib chiqishi xaqidagi nazariyalar: E. Gekkel (1874), I.I.Mechnikov (1886), A.A.Zaxvatkin (1949), I.Xodji (1943) va boshka olimlar nazariyalari. Ko‘p xujayralilarning tana tuzilishi, simmetriya turlari. Birlamchi to‘qimalar va ularning morfofunktsional tavsifi. Embrion qavatlar va ko‘p hujayralilar embrional rivojlanishdagi asosiy bosqichlar. Ko‘p xujayralilar klassifikatsiyasi. Fagotsitellasimonlar katta bo‘limi. Plastinkalilar tipi. Trixoplaksning ochilish tarixi. Trixoplaks – hozirgi zamon ko‘p hujayrali hayvonlar orasida eng soda tuzilgan vakil. Filogeniyasi. Parazoa katta bo‘limi. Bulutlar (g‘ovaktanlilar) tipi. Umumiy tavsifi, xujayra elementlari, skeleti (tuzilishi va kimyoviy tarkibi). Oziqni tutish va hazm qilishi. Gemmula. Klassifikatsiyasi va vakillari. Bulutlarni suv havzalaridagi ekologik (biofiltratorlik xususiyati) ahamiyati. Eumetazoa katta bo‘limi. Radial simmetriyalilar bo‘limi. Bo‘shliqichlilar tipi. Ikki qavatlilik va nurli simmetriya. Nerv sistemasi va uning xususiyati. Otiluvchi hujayralar. Polip va meduza turlarning ikki hayot shakllari. Rivojlanish jarayonining turlari. Metagenez. Jinssiz ko‘payish va koloniya hosil bo‘lish. Gidrasimonlar sinfi. Polimorfizm. Sifonoforalar va ularning ahamiyati. Gidrasimonlar – ifloslangan suv bioindikatorlari. Stsifoid meduzalar sinfi. Zaharli meduzalar. Korall poliplar sinfi. Korall riflari. Marjon (Korall) poliplarning qurilish va kulolchilikdagi ahamiyati. Billaterial simmetriyali hayvonlar bo‘limi. Yassi chuvalchanglar tipi. Ularning tana shakli. Teri-muskul xaltasi. Parenxima. Ekologiyasi va tarqalishi. Kiprikli chuvalchanglar sinfi. Tana qoplami, ko‘payishi, rivojlanishi, regeneratsiya. Kiprikli chuvalchanglar–suv havzalari bioindikatorlari. So‘rg‘ichlilar sinfi. Parazitlik qilib yashashga moslanish. Yopishuvchi organlari. Geterogoniya. Pedogenez. Xo‘jayin almashinuvining biologik ahamiyati. Odam va uy hayvonlarining asosiy parazitlari va ularga qarshi kurash choralari. Monogeniyalar sinfi. Amaliy ahamiyati. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Patogen ahamiyati. Odam va uy hayvonlarining asosiy parazitlari. Yassi chuvalchanglarning filogeniyasi, parazitizmning kelib chiqishi. To‘garak yoki birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar tipi. Ikki tomonlama ochiq nayi va birlamchi tana bo‘shlig‘i sifatida-ichki suyuqlik muhitining kelib chiqishi. Ayiruv, nerv va jinsiy sistemalari. Qorinkipriklilar sinfi. Tuzilishi, fiziologiyasi va hayot tarzi. Nematodalar sinfi. Teri-muskul xaltasi. Kutikula va uning roli. Ichki tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklar uchun ahamiyati. Parazitlarning rivojlanish jarayonlari, nematodalarning zamburug‘lar, bakteriyalar va suv o‘tlari bilan bog‘liqligi. Kinorinxlar sinfi. Qilchuvalchanglar sinfi. Og‘izaylangichlilar sinfi. Tuzilishlari va biologiyasi. Priapulidlar sinfi. Asosiy xususiyatlari va bilogiyasi. Ko‘payishi, rivojlanishi va lichinkalari. To‘garak chuvalchanglarning filogeniyasi. Xalqali chuvalchanglar tipi. Tana tuzilishi va organlarini metameriyasi. Parapodiylar. Ikkilamchi tana bo‘shliq vazifasi va kelib chiqishi. Ko‘p tuklilar sinfi. Umumiy tavsif. Ko‘payishi, embrional rivojlanishi. Troxofora va metatroxofora. Ekologiyasi. Dengiz faunasidagi ahamiyati. Kamtuklilar sinfi. Tuzilishi, suv va tuproqda yashovchi formalari. Kamtuklilarning biogeotsenozlarda tarqalishi, zamburug‘lar bilan o‘zaro aloqasi. Biogumus va ekologik toza maxsulotlar olishdagi ahamiyati. Yomg‘ir chuvalchangining tuproqdagi roli. Zuluklar sinfi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Zuluklar turkumi vakillarining tibbiyotdagi ahamiyati. Turkumlari. Exiuridlar sinfi. Biologiya va ekologiyasi. Xalqali chuvalchanglar filogeniyasi. Mollyuskalar yoki yumshoqtanlilar tipi. Umumiy tavsifi. Chig‘anoqning tuzilishi va ahamiyati. Mantiya. Yonboshnervlilar kenja tipi. Umumiy tavsifi. Chig‘anoqlilar kenja tipi. Monoplakoforalar sinfi. Mollyuskalar filogeniyasini o‘rganishdagi ahamiyati. Qorinoyoqlilar sinfi. Tuzilishi, asimmetriya va uni kelib chiqishi. Organlar sistemasi. Ekologiyasi. Ahamiyati. Kenja sinflari va muhim vakillari. Plastinkajabralilar yoki ikkipallalilar sinfi. Chig‘anog‘i va uning ochilish mexanizmi va qulflar. Biofiltratsiya. Ikkipallalilarning xalq xo‘jaligida ahamiyati. Boshoyoqli mollyuskalar sinfi. Umumiy tavsif. Chig‘anoqning reduktsiyaga uchrashi va ichki skeletning rivojlanishi. Biologiyasi. Boshoyoqli mollyuskalarning oziq ovqat sanoatida ahamiyati. Mollyuskalarning filogeniyasi. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi. Tanasini bo‘limlardan va bo‘g‘imlardan tuzilishi. Oyoqlarining tuzilishi. Ekzoskelet va uning ahamiyati. Organlar sistemasi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Tabiatda tarqalishi. Biosfera va inson hayotidagi ahamiyati. Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi. Tashqi va ichki tuzilishi. Og‘iz apparati. Ko‘payishi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi va muhim vakillari. Suv osti inshootlarini buzuvchi zararli qisqichbaqalar. Traxeyalilar kenja tipi. Traxeya va uning tuzilishi. Traxeyalik nafas olish sistemasi. Ko‘poyoqlilar sinfi. Tananing bo‘limlarga bo‘linishi. Hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemalari. Ko‘payishi va rivojlanishi. Ekologiyasi. Ko‘poyoqlilarning asosiy guruhlari. Ko‘poyoqlilarning biogeotsenozdagi ahamiyati. Xasharotlar sinfi. Tana bo‘limlari va o‘simtalari. Qanotlar va ularning kelib chiqishi. Ichki tuzilishi. Hasharotlar tanasidagi suv miqdorining boshqarilishi. Malpigi naychalari. Quruqlikda yashashga moslashuvi. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi. Metamorfoz turlari. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar va ulardagi polimorfizm. Ekologiyasi va etologiyasi. Kenja sinflari va turkumlari. Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatdagi sanitar hasharotlar. Kasallik tarqatuvchi va parazit hasharotlar. Qishloq xo‘jalik va o‘rmonchilik zarakunandalari. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullari. Xonakilashtirilgan hasharotlar va ularning ahamiyati. Hasharotlar paleontologiyasi va filogeniyasi. Xelitseralilar kenja tipi. Qilichdumlilar sinfi. Tuzilishi. O’rgimchaksimonlar sinfi. Tuzilishi. Tana a’zolari. Ko‘payishi va rivojlanishi. Asosiy turkumlari. O’rgimchak. Zahar ishlab chiqaruvchi va to‘r to‘quvchi bezlari. Ularning ahamiyati. Suv va quruqlikda yashovchi o‘rgimchaklar ekologiyasi. Agrotsenozlarda tarqalishi va qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarining sonini kamaytirishdagi ahamiyati. Kanalar. Turlari. Parazit turlari infektsion kasalliklarni qo‘zg‘atuvchisi va ahamiyati. Ninaterililar tipi. Umumiy tavsifi. Ularning tana simmetriyasi. Ambulakral sistema. Nerv, ayirish va qon aylanish sistemalari. Jinsiy sistemasi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi. Pelmatozoylar kenja tipi. Dengiz nilufarlari sinfi. Eleuterozoylar kenja tipi. Dengiz yulduzlari, ofiuralar. Dengiz kirpilari, gologturiyalar sinflari, ularning tuzilishi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi. Kenja tip vakillarini tuzilishining asosiy belgilari. Astsidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo‘lib yashovchi, o‘troq va suzuvchi turlari. Astsidiyani tuzilishi ko‘payishi va rivojlanishi: jinsiy va jinssiz ko‘payish, lichinkaning tuzilishi va rivojlanish davrlari. Salplar sinfi. Biologiyasi: yakka va koloniya turi. Salp va bochyonochkalarninig tuzilishi va rivojlanishi. Metogenez va uning biologik ahamiyati. Apendikulyariyalar sinfi. Apendikulyariyalarning biologiyasi va tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Pardalilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqidagi g‘oyalar Neogeneya g‘oyasi (Garstrang) A.N.Severtsov va N.A.Livanov qarashlari. Xordalilar evolyutsiyasini tushunishda A.O.Kavalevskiy izlanishlarining ahamiyati. Bosh skletsizlar kenja tipi. Tuzilishning asosiy belgilari va sistematikasi. Kelib chiqishi. Lantsetnikning tuzilishi va biologiyasi. Boshxordalilar hayot tarzi va amaliy ahamiyati. Umurtqalilar (Bosh skletlilar) kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari va umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining eng asosiy belgilari: o‘q skeleti, bosh skeleti, qo‘l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi va sezgi a’zolari. Tuzilishining murakkablashishi, a’zolarining taraqqiyoti – umurtqalilar progressiv evolyutsiyasining asosiy sharti ekanligi. Jag‘sizlar bo‘limi. To‘garak og‘izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari. To‘garak og‘izlililarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Minoganing tuzilishi va hayot kechirishi: skeleti, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, ovqatlanishi, qon aylanish sistemasi. Minoga va miksinalar tuzilishidagi farqlar. To‘garak og‘izlilarning amaliy axamiyati. Jag‘og‘izlilar bo‘limi. Baliqlar katta sinfi. Baliqlar umurtqalilarning birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfolokig ta’rifi. Xarakat-tayanch sistemasi, tuzilishining asosiy belgilari. Baliqlar-suv hayvoni sifatida: nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemalari tuzilishi. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari, tog‘ayli baliqlarning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va sistematikasi. A’zolar sistemasi bo‘yicha tuzilshiga ta’rif. Ko‘payishi va rivojlanish xususiyatlari. Tuz va suv almashinuvi. Tog‘ayli baliqlarning amaliy ahamiyati. Suyakli baliqlar sinfi. Sinfning morfologik va anatomik belgilari, xususiyatlari. Hozirgi zamon suyakli baliqlarning kelib chiqishi va sistematikasi. Karp balig‘i misolida suyakli baliqlarning tashqi tuzilishi va a’zolar sistematikasi. Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog‘ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko‘p qanotlilar, suyakli baliqlar to‘dasi. Ularning tuzilishi xususiyatlari. Fiziologiyasi va hayot kechirishi. Kaftqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, cho‘tqaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar, ularning tuzilishi, xususiyatlari, fiziologiyasi, hayot kechirishi va umurtqali hayvonlar sistemasi va evolyutsiyasida tutgan o‘rni. Baliqlar ekologiyasi. Biologik to‘dalar va ularga xos bo‘lgan moslanish xususiyatlari: ko‘payishi, migratsiyasi, ovlanishidagi ahamiyati, baliqchilik yo‘nalishi. O‘zbekiston ixtiofaunasining o‘ziga xos vakillari: aborigenlari, introduktsiya (boshqa joydan olib kelingan turlar) qilinganlari. O’rta Osiyoda ovlanadigan, noyob va yo‘qolish xavfi ostida turgan baliqlarning vakillari. To‘rtoyoqlilar katta sinfi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Umurtqalilar quruqlika chiqishidagi ekologik va morfologik moslanishlari. Suv va quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida paleozoy davrida yashagan amfibiya – stegotsefallar. Amfibiyalar (Suvda va quruqlikda yashovchilar) sinfi. Sinfning umumiy biologik va morfologik tavsifi. Sinfning sistematikasi: oyoqsizlar turkumi, dumli va dumsiz amfibiyalar. Ko‘l baqasi misolida amfibiya tuzilishi va biologik xususiyatlari. Amfibiyalar biologiyasi: asosiy ekologik guruxlari, ovqatlanish, ko‘payishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg‘urish usullari. O’rta Osiyoda yashovchi amfibiyalarning amaliy ahamiyati va ulardan foydalanish muammolari, sun’iy ko‘paytirish, muhofaza qilish. Reptiliyalar (Sudralib yuruvchilar) sinfi. Anamniya va amniotlarning morfologik va fiziologik belgilari: rivojlanishi, tuxmining tuzilishi, murtak qobig‘ining paydo bo‘lishi. Teri va uning tarkibiy qismlari. Ayiruv sistemasining xususiyatlari va bu hususiyatlarning quruqlikda hayot kechirishga o‘tish bilan bog‘liqligi. Reptiliyalarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Qazilma shakillari va ularining morfologik hamda ekologik turli-tumanligi. Hozirgi zamon reptiliyalarining sistematikasi; turkumlari: tumshuqboshlilar, timsohlar, toshbaqalar, tangachalilar va ularning qisqacha tarifi. Tangachalilar vakillari–tez kaltakesak misolida reptiliyalar tuzilishi va fiziologiyasi. Hayot kechirishi, ko‘payishi, ovqatlanishi, mavsumiy xossalari xulq atvorining issiq iqlim sharoitiga moslanish xususiyatlari. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati. O’rta Osiyo gerpitofaunasining o‘ziga xos vakillari. Zaharli ilonlar turlari, ularning ko‘payishi va muxofaza qilish. Sahro biotsenozida sudralib yuruvchilarning ahamiyati. Qizil Kitob sahifasidan joy olgan sudralib yuruvchilar vakillari. Qushlar sinfi. Sinf vakillari tuzilishining asosiy xossalari. Qushlarning kelib chiqishi va ularning evolyutsion yo‘li. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi va turkumlarining qisqacha ta’rifi. Uy kaptari misolida qushlarinngg ichki va tashqi tuzilishi. Qushlarining moslanish xususiyatlari fiziologiyasi, terisi, pat tuzilishi, nafas olish sistemasi, ayiruv sistemasi. Nerv sistemasi va sezgi a’zolari.Qushlarning ekologiyasi: geografik tarqalishi, ekologik guruxlari, uchishga moslanishi, ko‘payiishi, rivojlanishi, nasl uchun qayg‘urishi, mavsumiy xossalari. Migratsiya va uning sabablari. Qushlarning tabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyati. O’rta Osiyo ornitofaunasining turli-tumanligi va asosiy vakillari. Qushlarning ovlanadigan, asosiy, noyob, qo‘riqlanadigan turlari. O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan qushlar va ularning yashash sharoitlari. O‘zbekistonda ornitologik kuzatishlar olib borishdagi asosiy muammolar. Sutemizuvchilar yoki darrandalar sinfi. Sinfning umumiy ta’rifi. Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasiga sabab bo‘lgan omillar. Qirilib bitgan turlari va ularning qadimdgi reptiliyalar bilan aloqadorligi, evolyutsiyasi.Hozirgi zamon sutemizuvchilarining sistematikasi: bir teshiklilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar va ularning asosiy biologik xususiyatlvari. Yo‘ldoshli sutemizuvchilar sistematikasi va ularning turkumlariga qisqacha ta’rif. Asosiy a’zolari sistemasining morfologik va funktsional ta’rifnomasi; teri qoplag‘ichlari, skeleti. Nafas olish, ovqat hazm qilish, qon aylanish sistemasi va limfatik sistema. Siydik-tanosil sistemasi. Nerv sistemasi va sezgi a’zolari. Markaziy nerv sistemasi va bosh miyasining tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Xulq atvorining murakkab shakllari. Sutemizuvchilar biologiyasi, geografik tarqalishi. Ekologik guruxlari. Suv muhitini ikkilamchi o‘zlashtirish, mavsumiy ritm. Ularning ovqatlanishi va ekosistemadagi o‘rni, ovlanadigan turlari, ulardan mahsulot tayyorlash, muhofaza qilish, qishloq ho‘jaligi zararkunandalari, kasal tarqatuvchi va xonakilashtirilgan turlari. O’rta Osiyo sutemizuvchilarining turli-tumanligi. Ovlanadigan, yo‘qolib borayotgan va qo‘riqlanadigan turlari. O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan sutemizuvchilar turlari va ularning tarqalishi. O‘zbekistonda teriologiya muammolari va sutemizuvchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan asosiy yo‘nalishlar. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling