Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari
Download 0.65 Mb.
|
Биология Дастур магистр ўзбек 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-QISM. ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining predmeti, vazifalari
- Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi
Odam tibbiyot genetikasi.
Odam va tibbiyot genetikasining tadqiqot usullari. Tibbiyot genetikasining maqsad va vazifalari. Odam uchun xos belgi va xususiyatlarning irsiylanishi. Shajara tuzish printsplari. Irsiy kasalliklarning klassifikatsiyasi. Irsiy kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik tahlil. Immunogenetika. Genetik xavfsizlik muammolari. 4-QISM. ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining predmeti, vazifalari “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” faning predmeti, vazifalari, mohiyati. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining rivojlanish tarixi. Hozirgi zamon fiziologiyasining asosiy yutuqlari. O‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi. Fiziologiyaning o‘rganish usullari. Hozirgi zamon fiziologiyasining tarmoqlari (ekologik fiziologiya, evolyutsion fiziologiya, solishtirma fiziologiya, sport fiziologiyasi, aviakosmik fiziologiya va b.). Funktsional tizimlar. Funktsiyalarning nerv va gumoral boshqaruvi. Funktsiyalarning o‘z-o‘zidan boshqaruvi. Funktsiyalarni boshqaruvida reflektor mezon. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi Membrananing struktural mozaikasi. Membrana komponetlarining funktsiyalari. Hujayralararo kontaktlar. Membrana transporti. Ion nasoslar va ularning funktsiyalari (kaliy-natriy, kaltsiy, xlor, proton nasoslari). Ion transportga membrana o‘tkazuvchanligining va zarrachalar katta-kichikligining ta’siri. Passiv transport: diffiziya, elektrik gradientga bo‘yicha transport, osmos, filtratsiya. Faol transport: transporterlar ishtirokida tashilish, vezikulyar transport. Endotsitoz, ekzotsitoz, transtsitoz. Membrana potentsiali. Tinchlik potentsialining ion mexanizmlari. Neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Potentsial o‘zgarishining darajalari. Qo‘zg‘alish potentsiali vaqtida membrana o‘tkazuvchanligi va ionlar harakatining o‘zgarishi. Qo‘zg‘alish potentsialining tarqalishi. Refrakterlik davri. “Bor yoki yo‘q” qonuni. Mielin qavatining qo‘zg‘alish potentsialini saltator (sakrab) o‘tkazishdagi roli. Nerv tolasi bo‘yicha qo‘zg‘alishning o‘tish qonuniyatlari. Sinapslar va neyronlar integratsiyasi. Elektr va kimyoviy sinapslar. Qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi sinapslar. Neyrotransmitterlar, ularning sekretsiya jarayoni. Postsinaptik potentsial. Postsinaptik potentsial hosil bo‘lishining ion tabiati. Summatsiya. Tormozlanish: presinaptik va postsinaptik tormozlanish. Tormozlanishning ahamiyati. Tormozlovchi postsinaptik potentsialning ion tabiati. Kimyoviy sinapslarning xossalari: bir tomonlama o‘tkazish, sekinroq o‘tkazish, labillik, ritm transformatsiyasi. Neyronlarning nerv markazlarida bog‘lanishi. Nerv impulslarining divergentsiyasi va konvergentsiyasi. Vaqt va makondagi summatsiya. Sheringtonning umumiy yo‘l qoidasi. Nerv markazlarida engillanish, okklyuziya, transformatsiya va asorat hodisalari. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling