Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 154.61 Kb.
bet3/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR .................................









FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI ..............









Ilovalar .......................................................................................






KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu jamiyatda yashayotgan har bir insonni o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqara oladigan erkin, ijodkor shaxs sifatida tarbiyalashga yo`naltirilgan.
O`zbekiston Respublikasining 2020-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunida ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy e`tibor qaratilgan. Chunki, o`z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to`liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o`zgarishlar bo`lishiga zamin yaratadi.
Bu haqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev shunday deydi: “...Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta`lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham xal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan imkon qaratilmoqda”1.
Zero, yoshlarda yuksak kasbiy, ma`naviy fazilatlarni, ma`naviy-moddiy qadriyatlarni asrash, boy madaniy merosimiz, tariximiz, umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash milliy istiqlol g`oyasining hal qiluvchi omili hisoblanadi.
Qolaversa, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish” degan dasturiy g`oya yoshlarni Ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o`ta sharafli vazifa ekanligini ta`kidladilar2.
Zamonaviy ta`lim va tarbiya jarayoni tarbiyalanuvchilarning avvalgidek faqatgina xotirasini kuchaytirishni talab etmasdan, balki yaratuvchanlik faoliyatida hayotiy imkoniyatlarni rivojlantirish va uning o`zgarishlariga moslashuvchan yangi, sog`lom avlodning ijodiy shaxsini rivojlantirishni ko`zda tutadi. Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotining hamma jihatlari kishilarimizning ahloqiy, shaxsiy yuksak insoniy fazilatlariga bog`liqligini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o`zining nutq va asarlarida har tomonlama asoslab berdi. Shu bilan birga mustaqillik asoslarini barpo qilishda har bir fuqaro o`zi faoliyat ko`rsatayotgan sohada fidoyilik bilan ishlashi lozim.
Buni amaliy tomoni kishilarimizning halq, Vatan, istiqlol mohiyatini, Vatan ravnaqini tushunishi bo`lib, kishilarimizning milliy qadriyatlarni chuqur bilmasdan shakllanishi mumkin emas. Shu bois keyingi yillarda ta`lim tizimini rivojlantirishga bo`lgan rag`bat kuchaydi.
Universitet talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti oliy o‘quv yurtida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi sanalib, bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va mazkur bilim, ko‘nikma va malakalarni bevosita ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkonini beradi.
Malakaviy amaliyot ta’lim muassasasida o‘qituvchilarning tashkiliy, konstruktivlash, rejalashtirish, kommunikativ, tadqiq qilish kabi pedagogik mahoratini shakllashtirishgagina emas, balki o‘qituvchining kasbiy xususiyati va o‘qituvchi shaxsi qo‘ygan talabidan kelib chiqqan holda individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga qaratilgandir.
Oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan malakaviy pedagogik amaliyotga oid Nizomda universitet faoliyatining asosiy tamoyili bo‘lgan o‘qishni amaliyot bilan qo‘shib olib borilishiga urg‘u berilgan. Bu esa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarga yangicha yondashish asosida pedagogik jarayonni tashkil etishni taqozo etadi.
Pedagogik amaliyotning asosiy maqsadi bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash, ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik amaliyot- asosiy ijtimoiy vazifa, ya’ni bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash,ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarni rivojlantirish asosida har tomonlama yetuk insonni shakllantirish, yosh avlodni hayotga va faol mehnatga tayyorlash – dolzarb ilmiy- metodik muammo ekanligi asoslandi.

Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling