Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari
-§. Pedagogik amaliyot mezonlari tasnifi, talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash
Mirzayeva Baxtiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat obektlari quyidagilardan iborat
1.3-§.
|
Pedagogik amaliyot mezonlari tasnifi, talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash |
Pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholashda nima nazorat qilinadi va qanday baholanadi?
Nazorat obektlari quyidagilardan iborat:
o‘z-o‘zini rivojlantirish individual dasturining ishlanmasi;
topshiriqlarning bajarilishi;
hisobot hujjatlarini tuzish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish individual dasturi amaliyotning birinchi haftasi oxirida tuzilishi lozim. Har bir talabaning tayyorgarlik darajasini aniqlash, individual maqsadlarni qo‘yish, topshiriqlarni tanlash, umuman, pedagogik faoliyat mazmunini tuzish kafedra o‘qituvchilari rahbarligida amalga oshiriladi. Ularning individual dasturini yaxlit yondashuv nuqtai nazaridan baholaydi, ya’ni pedagogik faoliyatning barcha jihatlari hisobga olinganligi, pedagogik malakaning shakllanishi, psixik va shaxsiy xususiyatlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi topshiriqlar mavjudligini aniqlaydi.
Amaliyot davrida talabalarga maslahatlar berish faqat darslar, darsdan tashqari tadbirlarni ishlab chiqishga yordam ko‘rsatishda emas, balki talabalarning o‘z qobiliyatlarini yaxshi amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgandir.
Talabalar bajargan topshiriqlar tahlili (xuddi konsultatsiya kabi) ularning malakasi, shaxsiy va psixik xususiyatlarini baholashga qaratiladi, ya’ni talaba tashkilotchilik malakasini qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshira olganligi, pedagogik taktikani ko‘rsata olganligi, hamdardlik bildirish, kayfiyatni ko‘tarish, o‘zidagi asabiylashishni yengish va hokazo kabi xususiyatlarni namoyish eta olganligi baholanadi. Har bir topshiriqning bajarilishi tanlangan darajaviy mezonlar yordamida baholanadi, u yoki bu guruhning malakalari qay darajada namoyish etilishi aniqlanadi.
Amaliyot tahlili ko‘rsatishicha, malaka nafaqat vazifasiga ko‘ra, balki harakatlar hajmiga ko‘ra ham turlichadir – ko‘pincha ular kompleks holatida bo‘ladi. Shu bois, bu malakalarni shakllantirish ham, tashxislash ham murakkab. Lekin faoliyat natijalarini nazorat qilish va baholashga darajaviy yondashuv mutaxassislarni tayyorlash amaliyotida mustahkam va keng o‘rin egallamoqda. Quyida pedagogik malakaning rivojlanish darajalari keltirilgan.
Download 154.61 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling