Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan, kasbiy mahoratni oshirishga doir malakalar


Download 154.61 Kb.
bet11/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

Pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan, kasbiy mahoratni oshirishga doir malakalar
Malaka – shaxsning ma’lum kasbga yaroqliligi, tayyorgarlik darajasi, shu kasbda ishlay olishi uchun zarur bilim, ko‘nikmalar yig‘indisi. Kasbiy axborotlarning tez ko‘payib borayotgani ilgari o‘zlashtirilgan malakaning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Bu yetishmaslik qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali to‘ldiriladi. Bu jarayon uzluksiz davom etgandagina malaka ortib borishi orqali kasbiy faoliyatni hozirgi talablar darajasida davom ettirish imkoniyati hosil bo‘ladi. Quyida biz malaka turlari va ularning qisqacha xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
Pedagogik malaka – Pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchi malaka pedagogik malakaga kiradi. Pedagogik faoliyat haqidagi tasavvurlar innovatsion jarayonlar natijasida doimo o‘zgarib, oydinlashib boradi. Shunga ko‘ra pedagogik malakalar tarkibi ham aniqlanadi. Tizimli yondashuv klassik hisoblanadi va gnostik, konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ kabi malakalar guruhiga yo‘naltiradi. Keyingi yillarda pedagogik faoliyatga pedagogik tashxis, ilmiy muammo tadqiqoti ham qo‘shildi, natijada malaka tarkibining kengayishi kuzatiladi. Quyida guruhlar bo‘yicha pedagogik malakaning nomlari keltiriladi.
Didaktik malakalar.
Gnostik malakalar guruhi:

  • o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlarini pedagogik vositalar yordamida o‘rganish malakasi, bolalarning yozma, amaliy ishlari va og‘zaki javoblarini tahlil qilish, ularning o‘rgatilganlik, rivojlanganlik va tarbiya darajalari, turli o‘quv fanlarga, darslarda turli topshiriqlar turlariga, umuman o‘qishga munosabati darajalari, alohida o‘quvchilar va sinfning o‘quv-tarbiyaviy jarayonda iroda, refleksiya, o‘zini baholash ko‘rinishlari darajalarini aniqlash;

  • shaxsiy pedagogik qobiliyatlarni o‘rganish malakasi (diagnostik (tashxis) testlaridan foydalanish, shaxsiy pedagogik faoliyatning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash, o‘zida kommunikativ va tashkilotchilik ko‘nikmalarini topishga alohida e’tibor qaratish, o‘zi baho bera olish);

  • darsni tahlil qila olish malakasi (o‘zini va o‘z hamkasblari darslarini tahlil qilish, tahlilning har xil turlaridan foydalanish);

  • o‘quv jarayonida o‘z harakatlarini tushuntirib berish malakasi.


Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling