Kommunikativ malakalar guruhi:
ma’lumot haqida xabar berish malakasi;
o‘quvchi javobini eshitish malakasi;
ziddiyatlarning oldini olish malakasi;
bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatni o‘rnatish malakasi;
muvaffaqiyatli vaziyatni yaratish malakasi;
o‘quvchilarning javoblaridagi xatolarga munosabat bildirish malakasi.
Tadqiqiy malakalar guruhi:
maktab amaliyoti ilmiy muammolarini aniqlash va ularni ta’riflash;
ilmiy ma’lumot olish vositalarini tanlash yoki ishlab chiqish;
so‘rovnoma o‘tkazish muhimligiga qarab farqlash;
pedagogik tadqiqot o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish va tadqiqot
o‘tkazish;
ilmiy adabiyot bilan ishlash (tahlil qilish, muhim ilmiy ma’lumotni
topish, tezis, konspekt, referat yozish, kartoteka, bibliografik ro‘yxat tuzish);
ilmiy tadqiqotlarni muhokama qilish (savollar qo‘yish, shaxsiy fikrni ayta olish, tanqidiy fikrlarni ayta olish va konstruktiv takliflar berish).
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga doir malakalar.
Tarbiyaviy tashkilotchilik malakasi guruhi. Ish topshirish malakasi, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha nazoratni amalga oshirish, faoliyat natijalarini baholash, unga o‘zgartirishlar kiritish. Sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish tizimini hisobga olib, quyidagi malakalar ajratib ko‘rsatiladi:
o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlari tizimini aniqlash;
sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish; pedagogik holatlar xarakteriga bog‘liq bo‘lgan tarbiyaviy xarakterning asosiy maqsadlarini aniqlash;
joriy pedagogik vazifalarni ajratib ko‘rsatish, pedagogik holatlarni o‘rganish va o‘zgartirish, pedagogik vazifalarni aniqlashtirish, pedagogik maqsad va vazifalarni pedagogik holatlarning o‘zgarishiga ko‘ra qayta qurish;
pedagogik vazifalarni hal qilishning uzoq va yaqin natijalarini oldindan ko‘ra bilish;
sinfdan tashqari ishlarning mazmuniy elementlarining optimal tizimini tanlash malakalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |