Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili


Download 154.61 Kb.
bet5/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: Mamlakatimizning yirik pedagog olimlari R.Hasanov, R.Yarkulov, R.Isyanov. Mirzaaxmedov B.M., Y.Maxmudov va boshqalar tomonidan umumiy didaktik va metodik aspektda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasasida Pedagogik amaliyotni tashkil etish mezonlari, Pedagogik amaliyotning vazifalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda amaliy ko‘nikmalar, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalarini va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish tamoyillari O‘.Gadayboev, M.Yuldasheva va B. Hasanovaning ilmiy tadqiqot ishlarida, Pedagogik amaliyot jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalasi B.Xoldorov, P.Po‘latova, M.Yuldashova ishlarida, Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari mavzusi M.Mirqosimovning ilmiy-tadqiqot ishlarida ilmiy-metodik jixatdan tadqiq etilgan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi:

  • Hozirgi zamon o‘qitish nazariyasi va amaliyotining uzviyligini ta’minlashning asosiy omili - Pedagogik amaliyot tizimi va mezonlari tavsiflandi;

  • pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar haqida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlandi;

  • pedagogik amaliyot jarayonida talabalar pedagogik faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimini to‘g‘ri shakllantirishning samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berildi;

  • pedagogik amaliyot davrida o‘quv jarayonini tashkil etish, Dars va unga qo‘yiladigan talablar (didaktik talablar, psixologik talablar, axloqiy-etik talablar, gigienik talablar, texnik talablar) va darsga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari haqida zarur metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati: Talabalarning kasbiy mahoratini ta’lim maqsadiga binoan, zamon talablari darajasida, nazariy va pedagogik asoslarga asosan to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish ta’lim samaradorligini ta’minlashning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan pedagogik amaliyot tizimi va mezonlari, amaliyot jarayonida amaliyotchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan malakalar, pedagogik faoliyatni nazorat qilish va baholash tizimini to‘g‘ri tashkil etishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati borasida metodik tavsiyalar, yangi ma’lumotlar bilan boyitildi.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, malakaviy pedagogik amaliyot ilg‘or ta’lim tizimi tajribalarini o‘rganish maskani, mahorat maktabi hisoblanadi.

Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling