Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


-§. Pedagogik amaliyot davridagi o‘quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish


Download 154.61 Kb.
bet10/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

1.2-§.

Pedagogik amaliyot davridagi o‘quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish

Pedagogik amaliyotni o‘tkazishning asosiy ob’ekti maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hisoblanadi. Pedagogik amaliyotning maqsadi talabalarni fan o‘qituvchisi va sinf rahbari sifatida muayyan vazifalarni bajarishga tayyorlashdir. Amaliyot jarayonida talabalar o‘quvchilarni tarbiyalashga har tomonlama yondashadilar, ularda axloqiy, aqliy, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish, ekologik, iqtisodiy, jismoniy, huquqiy, oilaviy hamda estetik jihatdan tarbiyalash birligini ta’minlaydilar. Amaliyot davomida mo‘ljallangan o‘quv-tarbiyaviy ishni rejalashtirishning asosi quyidagilar hisoblanadi. Har bir talaba ta’lim muassasasiga borgan dastlabki haftada o‘qituvchilarning darslarni rejalashtirishini o‘rganadi, o‘ziga biriktirib qo‘yiladigan sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bilan tanishib chiqadi, aniq ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda bu rejalar qanday yordam berishini anglab oladi. Sinf rahbarining rejasini o‘rganish hamda tahlil qilish amaliyotchiga sinf va ayrim o‘quvchilarning xususiyatlarini bilib olish, kelajak uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy vazifalarni belgilash sinf rahbarining mazkur o‘quvchilar jamoasi bilan ishlashining asosiy usul va shakllari bilan tanishishda yordam beradi. Amaliyotning ikkinchi haftasi oxiriga kelib, har bir talaba butun amaliyot davriga mo‘ljallangan o‘zining individual ish rejasini tuzib chiqadi. Bundan tashqari, talaba amaliyot davomida muntazam tarzda o‘z darsi va fani bo‘yicha ayrim sinfdan tashqari ish turlarini rejalashtirib boradi. Shuningdek, tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, tarbiyaviy ishini rejalashtiradi.


Talabalarning individual ish rejasi pedagogik amaliyot rejasiga asoslangan bo‘lishi va o‘quv-tarbiyaviy ishlarning barcha yo‘nalishlarini qamrab olishi kerak:
Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z kasbini puxta egallash va ularni tarbiyalashdek juda muhim vazifani hal qilar ekan, ulkan nazariy va amaliy tayyorgarlikni nazarda tutadi. Talabaning fan o‘qituvchisi vazifasini bajarishi o‘zidan uslubiy jihatdan yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rishni, o‘qitiladigan o‘quv fani asosida yotuvchi fanning hozirgi ahvolini, o‘qitishning nazariyasi va uslubiyotini chuqur, har tomonlama bilishni talab qiladi. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy ish olib borar ekan, talaba o‘quvchilarni bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tizimi bilan qanoatlantirib, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ishtirok etadi.
Sinf rahbari vazifasini bajarish yuksak g‘oyaviy-siyosiy, tarbiyaviy tayyorgarlikni, o‘sib kelayotgan yosh avlodga milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar to‘g‘risida chuqurroq malumot berishni, o‘quvchilar ongida milliy istiqlol g‘oyalari ruhi mohiyatini singdirishni, milliy tarbiya nazariyasi va uslubini teran bilishni, tarbiyalash ko‘nikmalari hamda malakalarini egallagan bo‘lishni talab qiladi. Sinf rahbarlari sifatida talabalar o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantiradi, mehnat, ekologik, oilaviy, huquqiy, iqtisodiy, estetik va jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari tarbiyaviy ishni rejalashtiradi hamda tashkil qiladi. Talaba bunda bolalar jamoasining rivojlanish darajasiga, ularning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liq holda ishning turli shakl va usullarini qo‘llaydi. Demak, talabalarning o‘quv-tarbiyaviy amaliyot davridagi muhim vazifasi - fan o‘qituvchisi va sinf rahbari vazifalarini uzviy birgalikda bajarishga o‘rganishdan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash vazifalarini hal qilishdan, ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishdan iboratdir.
Pedagogik amaliyot davrida talabalar kasbiy mehnatning aniq muammolari doirasiga olib kiriladi, bo‘lajak faoliyatning real mazmuni va hajmi bilan tanishtiriladi. Shunday qilib, maktabda pedagogik amaliyotning mohiyatida quyidagilar namoyon bo‘ladi:

  1. Talabalarning pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisliklari fanlaridan barcha nazariy bilimlarini chuqurlashtiradi;

  2. Talabalar fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari sifatida o‘quv- tarbiyaviy ishlarini olib borishdek mas’uliyatli faoliyatda ishtirok etadilar;

  3. O‘qituvchilar va sinf rahbarlari faoliyatini kuzatadilar. O‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoasini pedagogik- psixologik jihatdan o‘rganadi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi, fan bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar olib boradi;

  4. Hujjatlar yuritilishini o‘rganadilar va uslubiy maslahatlar oladilar;


Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling