1-daraja (nol) – talaba pedagogik malakaga ega emas, kasbiy harakatlarni ichki sezgi bilan amalga oshirishga harakat qiladi, lekin muvaffaqiyatsiz chiqadi.
2-daraja (reproduktiv) – talaba ongli ravishda bilimlarini amalda qo‘llashga harakat qiladi, tizimlilik va fikrlash egiluvchanligining yo‘qligi bois xatolarga yo‘l qo‘yadi, asosan misollar va namunalar asosida harakat qiladi.
3-daraja (produktiv) – talaba nazariy bilimlar va amaliy namunalar asosida kasbiy harakatlarni tanlash va amalga oshirishda mustaqillik ko‘rsatadi, asosan kasbiy harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshiradi.
4-daraja (ijodiy) – talaba kasbiy faoliyatini shaxsiy modellar negizida amalga oshirishga intiladi, o‘z harakatlarini ilmiy asoslay oladi, pedagogik malakani erkin egallaganini namoyish etadi.
Talabalarning pedagogik faoliyatini kuzatish jarayonida (sinov darslari, sinov-tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish paytida) OTM o‘qituvchilari ularning muvaffaqiyatli harakatlari (malakalari) va muvaffaqiyatsiz (xato) harakatlarini qayd qilib borishlari kerak
Mutaxassislik bo‘yicha sinov darslarini o‘tkazish natijalari
1.3-jadval
Sana
|
F.I.Sh.
|
Muvaffaqiyatli harakatlar
|
Muvaffaqiyatsiz (xato) harakatlar
|
15.11.06
|
Azizova T.G.
|
O‘quv vazifasini qo‘ya oldi (2), muammoli vaziyatni yaratdi (3).
|
Faqat ma’lum o‘quvchilar bilan ishladi, yangi mavzuni o‘zlashtirganini nazorat qilmadi . . .
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |