Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Download 154.61 Kb.
bet17/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

Pedagogik faoliyat tavsifnomasi.Talaba tomonidan topshiriqlarni bajarish natijalarini o‘zi baholash asosida tuziladi. Kafedrada qolish uchun alohida varaqqa yoziladi.

Talabalarining pedagogik amaliyot davridagi ishlarini baholash mezonlari
Pedagogik amaliyot davomida talabalarning faoliyatini nazorat qilish va baholash 100 ballik reyting asosida amalga oshiriladi.
O‘quv rejasidagi fanning xususiyatidan kelib chiqib, ballar quyidagicha taqsimlanadi.
“Pedagogika” fanidan – 25 ball
“Psixologiya” fanidan – 10 ball
“Gigiena” fanidan 5- ball
Mutaxassislik fanidan – 60 ball
Talabalarning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishlari quyidagicha baholanadi:
90 – 100 ball – 5 “a’lo”
71-89 ball – 4 “yaxshi”
60-70 ball – 3 “qoniqarli”


Pedagogika fani – 25 ball
1.4-javal



Bajariladigan ish mazmuni

Vazifa soni

Bajarish muddati

Reyting ballari

1

Sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlar rejasini o‘rganish, biriktirilgan sinfda tarbiyaviy rejani tuzish

1

1 hafta

2

2

Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish

2

Amaliyot davomida

3

3

Tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish va uni o‘tkazish

-

Amaliyot davomida

3

4

Pedagogik va psixologik tavsifnoma 2ta (sinfga va 1ta o‘quvchiga)

2

Amaliyot davomida

3

5

Matnlarni tuzish (o‘z ixtisosligi bo‘yicha) va ularda tarbiyaviy maqsadni yoritish darajasi

-

Amaliyot davomida

3

6

Ota-ona bilan suhbat

-

Amaliyot davomida

4

7

Amaliyotchi kundaligini yuritish

1

Amaliyot davomida

3

8

Hisobot

-

Amaliyot davomida

2

9

Tavsifnoma

1

Amaliyot davomida

2



Psixologiya fani – 10 ball





Bajariladigan ish mazmuni

Vazifa soni

Bajarish muddati

Reyting ballari

1

Maktab bilan tanishish

1 kun

1 - hafta

1

2

Maktab, kollej psixologi bilan suhbat

-

1 - hafta

1

3

Pedagogik–psixologik tavsifnoma tayyorlash

-

Amaliyot davomida

2

4

Talabalarning shaxsiy varaqasini o‘rganish va tuzish

-

Amaliyot davomida

2

5

Ota-onalar bilan suhbat

-

Amaliyot davomida

2

6

Yuritilgan hujjatlar

-

-//-//-//-

2

Gigiena fani – 5 ball





Bajariladigan ish mazmuni

Vazifa soni

Bajarish muddati

Reyting ballari

1

Maktab, litsey, kasb-hunar kollejlarining sanitar normalari talablariga javob berishi haqida (ishlanma)

1

Amaliyot davomida

5



Ixtisoslik bo‘yicha metodist tomonidan qo‘yiladigan ballar quyidagicha





Bajariladigan ish mazmuni

Vazifa soni

Bajarish muddati

Reyting ballari

1

Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashish

-

1 hafta

2

2

Maktab, kollej, litsey ma’muriyati bilan tanishish

-

1 hafta

2

3

Kalendar-tematik rejani o‘rganish va tuzish

1

1 hafta

2

4

Ishlanma (konspekt tuzish)

-

Amaliyot davomida

7

5

Darslarni kuzatish va tahlil qilish

-

Amaliyot davomida

7

6

Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish va tayyorlash

-

Amaliyot davomida

5

7

Sinfda darslarni o‘tkazish

-

Amaliyot davomida

15

8

Sinfdan tashqari ishlar (to‘garaklar o‘tkazish, o‘quvchilar bilan ishlash, olimpiadalarga tayyorlash, ixtisoslik bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish)

-

Amaliyot davomida

10

9

Hujjatlar: kundalik, hisobot, ishlanma, tavsifnoma

-

Amaliyot davomida

10




II-BOB.

MUTAXASSISLIK FANLARIDAN O‘QUV VA MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNING METODIK ASOSLARI

2.1-§.

Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning shart-sharoitlari

Har bir davlatning istiqboli ilm-fan, texnika, talim taraqqiyoti bilan barkamol kadrlarni voyaga yetkazish bilan bog‘liqdir. Malakaviy amaliyot bakalavr yo‘nalishdagi talabalarning oliy o‘quv yurtida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi sanalib, bakalavriyat yo‘nalishi bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlsh va mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarni bevosita talim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkoniyatini beradi.


Malakaviy amaliyot tashkilotlar, ta’lim muassasasida (maktabdan tashqari muassasalari, mahalla, maxsus maktablar, mehribonlik uylarida, oromgohlar) bo‘lajak mutaxassislarning tashkiliy, konstruktivlash, rejalashtirish, kommunikativ tadqiq qilish kabi kasbiy va pedagogik mahoratni shakllantirishgina emas, balki ularning kasbiy xususiyati va mutaxassis shaxsiga qo‘ygan talabidan kelib chiqqan holda individual va insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirishga qaratilgandir.
Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi bo‘lg‘usi mutaxassislarni tashkilotlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, oromgohlarda o‘quv, tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash, ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Agar talabalar bilimlarini amaliyotda qo‘llanishi, hayotga tatbiq etishni o‘rgansalar va bu jarayonda nazariy xulosalarga kelsalar ularning olgan bilimlari qatiy ishonchga aylanadi. Amaliyot jarayonida bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining kasbiy-pedagogik xislatlari shakllanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashning kuchayishi ko‘mak beradi.
Malakaviy amaliyotning birinchi kunidayoq talabalardan asosiy ijtimoiy vazifa, ya’ni har tomonlama rivojlangan yetuk insonni shakllantirish, yosh avlodni hayotga va faol mehnatga tayyorlash talab etiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, malakaviy amaliyot davrida talabalarning ishi ijodiy xarakterga bo‘lishi lozim.
Talabalar o‘z kasbiy majburiyatlarini ijodiy bajarsa pedagogik topshiriqni hal qilishining samalrali shakl va usullarini qidirsa, o‘zi tanlagan kasbiga munosabati, pedagogic faoliyatga qiziqishi kasbiy mahorati oshib boradi. Shu nuqtai-nazardan olib qaraganda malakaviy amaliyot ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish maskani mahorat maktabi hisoblanadi.

Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling