Interer-bino ichki ko’rinishi, xona arxitekturasi.
Izora-devorning tokcha bilan bino saxni orasidagi pastki qismi; shu qismga ishlanadigan bezak.
Iroqi-muqarnas turi; shakldor ravoq chiziqlari o’zaro kesishishi natijasida yasalgan pog’onali suyri bezak.
Ishqor-o’simliklarning aloxida (yantoq kabi) turlarini yig’ib, quritib tayyorlanadigan kul. Sirkor bezaklarda bo’yoqqa aralashtirilib ishlatiladi.
Kashso-cherkov, xristianlar ibodatxonasi.
Kalla muqarnas-muqarnas asosida yaratilgan kallak.
Kallak, kalla-ustunning tepa, bezatilgan qismi, boshi. Kallak ko’pincha yog’ochdan ishlanadi, ba’zan sopoldan, toshdan yasaladi. Kallak turlaridan maxalliy me’morlikda keng tarqalgani-kalla muqarnas.
Do'stlaringiz bilan baham: |