Me’mor- binokor usta, balno, muxandis; bino va inshootlarning loyixasini yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib turuvchi bosh mutaxassis.
Minora-baland, g’o’la shaklidagi inshoot. Odatda masjid tarkibida quriladi. Azon aytish uchun xizmat qiladi. Qadimda minoralar kuzatish va xabar berishga xizmat qilgan.
Muqarnas-ravoqli kosachalardan ustma-ust joylashib tashkil topgan murakkab shakldagi bezak turi. Mexrob, taxmon yoki ravoqlarning tepa qismini yarim gumbaz ko’rinishiga keltirishda keng foydalaniladi. To’g’ri xoshiya turi sharofa deb ataladi.
Muxandis-xandasa ustasi. Binokor usta (injener), loyixa san’atini egallagan, girix tuzish yullarining bilimdoni.
Oxak-oxaktoshdan pishirib tayyorlangan qurilish materiali. Qorishmasi suvoq ishlarida keng qo’llaniladi.
Pargar-aylana, doira chiziq chizish uzunligini o’lchashga xizmat qiladi (sirkul)
Parchin-koshin turi, turli ranglarda sirlanish bilan undan farq qiladi.
Peshtoq-madrasa, masjid kabi xashamatli binolarning kirish qismidagi usti baland ko’tarilgan ravoqli serxasham qismi. Peshtoq binolar kompozitsiyasida katta o’rin egallaydi, ularga maxobat, go’zallik bag’ishlaydi; koshin, kesma parchinlar bilan girix, islimiy naqshlar ishlanadi. Kitoblar bilan bezaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |