Karvonsaroy, rabot, langar-karvonlar to’xtab, tunab o’tadigan joy, saroy. Karvonlar yo’lida, bir kunlik masofa va shaxar ichida qurilgan. U qarorgoh, istiqomat joyi, istexkom, mollarni saqlaydigan ombor, og’il va boshqa uy joylardan iborat bo’lgan. Karvonsaroylarning me’moriy shaklu shamoili har xil bo’lgan.
Karniz-bo’g’ot.
Kesma koshin, koshin burush-rang barang koshin parchalarini kesib egovlab tayyorlanadigan terma (yig’ma) bezak naqsh.
Kirpich-g’ishtning qadimgi turkiy atamasi. Xorazm o’zbeklari karvich deb talaffuz etishadi. Navoiy asarlarida ko’p uchraydi.
Kitoba-binolar bezagidagi yozuvli namoyon, bir xikmat yoki tarix sanasi yozilgan joy. Ko’pincha peshtoq tepasidan ko’ndalang yozuv qatori, bog’dodi eshiklarning tepa qismidagi yozuvli taxtacha shunday ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |