Mutaxassislik terminlari lug`ati


Download 20.11 Kb.
bet10/12
Sana02.01.2022
Hajmi20.11 Kb.
#196727
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mutaxassislik terminlari lug

Pishiq g’isht-xumdonda pishirib olingan g’isht.

Paygumbaz-binoning ustki qismidagi gumbaz o’rnatiladigan maxsus qurilma. Gumbazni binodan baland ko’tarib ajratib turadi, unga ko’rkamlik va maxobat bag’ishlaydi. Ba’zan paygumbazning turli tomonlarida darcha va panjaralar ishlanadi, gumbaz va bino bezaklari uyg’unlashtirib bezatiladi.

Paygoh-xonaning eshikka yaqin qismi, pol satxidan chuqurrorq bo’ladi.

Poydevor-bino devorining ostki tayanch qismi.

Rabod-shaxar atrofi, shaxar tashqarisidagi binolar.

Rabot-karvonsaroy, musofirxona, langar.

Ravoq-binoning ichki yoki oldidagi yarim doira qilib ishlangan qismlari. Tepasi suyri, davra shaklida yasalgan tokcha, yo’lak, taxmon.

Rasadxona observatoriya-osmon jinslari (yulduz va sayyoralar) xarakatini o’rganuvchi ilmiy markaz va uning binosi. Samarqandda Ulug’bek rasadxonasi qoldiqlari saqlanib qolgan.

Sardoba-1) usti berk xovuz, suvdan. Odatda suvsiz joylarda usti gumbazli qilib yopilgan suvdonlar quriladi. YOmg’ir, qorning oqava suvlari xisobiga suvdon to’ldirib olinadi. Sardoba suvi mo’’tadil sharoit tufayli deyarlik aynimaydi; 2) binolar ostidagi tagxona ham ba’zan sardoba deb ataladi. Suv xumlarda xonaning salqinida saqlangani uchun ham shunday deb ataladi.

Siluet-binoning uzoqdan g’ira-shira yoki umumiy ko’rinishi.

Tarz-binoning umumiy (asosiy) ko’rinishi. Bosh tarz, yon tarz, orqa tarz.

Tarx-bino loyixasi, turli xajmdagi buyum yoki qurilma (muqarnas, gumbaz kabi) larning tekislikdagi ifodasi (gorizontal proeksiyasi).


Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling