Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Download 424.31 Kb.
bet15/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

1- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan
4- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring.

Nutq uslublari

Terminlar


Yozma nutq


Dialektizmlar


Badiiy vositalar


Badiiy uslub










Ilmiy uslub










So‘zlashuv uslubi










Rasmiy uslub










Publitsistik uslub












6-MAVZU: ILMIY USLUB, UNING TURLARI, JANRLARI.
Reja:
1. Ilmiy uslub, uning turlari, janrlari.
2. Ilmiy uslub, uning qo`llanilish sohalari, janrlari.
3. Ilmiy ish turlari.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi.
Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop turlari bor. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi.Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Esse va uning tuzilishi
Umuman, esse ilmiy yoki publitsistik xarakterdagi ocherkka o‘xshashdir.
Esse falsafiy, tarixiy biografik, publitsistik, adabiy tanqidiy, ilmiy ommabop va sof beleristik xarakterda bo‘ladi. Esse uslubi obrazliligi, ofaristikligi, jonli tilga yaqinliligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo‘ladi.
Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topgan. Bu janr G‘arbda oldinroq ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘zbek adabiyotida XX asrning 70-80-yillaridan esse yaratila boshlandi.
Esse yozish shartlarida ko‘pincha mavzuni muhokama qilish so‘raladi, masalan:
Bu holatda aytilgan fikrning afzalliklari va zararlarini baholash talab etilmoqda. Unda quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin:
Mavzuni yoritayotganingizda menimcha, mening fikrimcha, o‘ylaymanki kabi subyektiv iboralardan foydalanmang, uning o‘rniga obyektiv birikmalardan foydalaning:
Umuman olganda, uyda ishlash yo‘lga ketadigan vaqtni tejaydi.

  • Ko‘pchilik biladiki, e-mail va Internet xizmati ofis ishlarini ham bajaradi.

  • Ko‘pchilikda hamkasblar bilan yuzma-yuz muloqotga zarurat tug‘iladi.

  • Bo‘lishi mumkin, ko‘proq korxonalar uyda turib ishlashni qo‘llab-quvvatlashadi.

  • Vaziyat shuni taqozo etadiki, muayyan kishilar o‘zlari mustaqil ish olib borishni yoqlashadi.

Agar fikrlaringizni faktlar bilan to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagidek birikmalardan foydalaning:
Emersonning fikricha (2003), rivojlangan prinsiplar-ga ega kompaniyalar kamchilikni tashkil etadi. Poledna (2007) ta’kidlaydiki, aksariyat xodimlar qulay ish jarayonida mehnat unumdorligiga erishadilar.

Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling