Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


Download 424.31 Kb.
bet77/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

AJINIYOZ NOMIDAGI

NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI




Amaliy o‘zbek tili. Davlat tilida ish yuritish
SILLABUS (ishchi dastur)
(1-kurslar uchun)

Bilim sohasi:







Ta’lim sohasi:







Ta’lim yoʻnalishi:

Barcha ta‘lim yo‘nalishlari uchun








































Mashgʻulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

Amaliy mashgʻuloti:

60 soat

I-II

Umumiy auditoriya soati:

60 soat

I-II

Mustaqil ta’lim soati:

60 soat

I-II

Umumiy oʻquv soati:

120 soat

I-II






































































































Nukus – 2022
Ishchi fan dasturi Nukus davlat pedagogika institutining 2022-yil „___“ ___________dagi ___- sonli qarori bilan tasdiqlangan „Amaliy o‘zbek tili“ fani dasturi asosida tayyorlangan.



Tuzuvchilar:

G.Yusupova

− Nukus DPI Oʻzbek tili kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD)







Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili kafedrasi assistenti o‘qituvchisi

Taqrizchilar:

Sh.Yuldasheva.

− Nukus DPI Oʻzbek tili kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.









2022-yil „___“ ___________________________________________ (imzo)

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili kafedrasi mudiri: 2022-yil ___-__________. ____________

Fanning ishchi oʻquv dasturi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining 2022-yil „___“ ______________dagi „___“-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


Professor-oʻqituvchi: Yusupova Gulora
Ish joyi: Nukus davlat pedagogika instituti
Bogʻlanish uchun telefon raqami: +998909266807
E-mail: hakimbek2008@mail.uz
Prerekvizitlar: Mazkur fanni oʻzlashtirgunga qadar talabalar umumiy oʻrta ta’lim darajasidagi O‘zbek tiliga oid bilimlarga ega boʻlishlari lozim.
Postrekvizitlar: Fan tugallanganidan soʻng, talabalar quyidagi modular boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi lozim: „ tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish; ijtimoiy-madaniy, rasmiy-idoraviy sohalarda, mehnat faoliyatida o‘zbek tilining kommunikativ imkoniyatlaridan foydalanish uchun zarur nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni “.
Fanni oʻrganishning zaruriyati. “Amaliy o‘zbek tili”. Davlat tilida ish yuritish fanining o‘quv dasturi oliy ta’limning o‘qishlar qoraqalpoq, qozoq, turkman tillarida olib boriladigan bakalavr yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Uning tuzilishi va tarkibi tilni bilish darajasining standart talabalariga mos keladi va Qoraqalpog‘istonda o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitishning ko‘p yillik pedagogik tajribasini umumlashtiradi.
Fanning maqsadi – bo‘lajak filolog va nofilolog mutaxassislarning quyi bosqichlarda o‘zbek tilidan egallagan nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish; ijtimoiy-madaniy, rasmiy-idoraviy sohalarda, mehnat faoliyatida o‘zbek tilining kommunikativ imkoniyatlaridan foydalanish uchun zarur nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarni kundalik, o‘quv va madaniy hayotda o‘zbek tilida muloqot qilish, o‘zbek tilidagi ixtisoslikka oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tushunib o‘qish, audio va videotasmalar (ma’ruza kurslari, ilmiy suhbatlar) mazmunini, asosiy axborotni eshitib tushunish va tarjima qila olishga o‘rgatishda ularning o‘zbek adabiy tili me’yorlariga muvofiq erkin muloqot qilishi uchun zarur bo‘lgan til (fonetik, leksik, grammatik, uslubiy) ko‘nikmalarini va nutqiy faoliyatning asosiy turlari: o‘qish, tinglash, gapirish va yozish malakalarini shakllantirish
Talaba:

  • o‘rganuvchini kundalik, rasmiy-idoraviy va ilmiy muloqotda o‘zbek tili muomala (etika) me’yorlariga amal qilish, ixtisoslik va ijtimoiy-siyosiy, madaniy masalalarga oid monologik va dialogik (ma’ruza, xabar, taqdimot, davra suhbati) muloqotda ishtirok etishga tayyorlash;

  • oliy ta’limdagi tahsili va kasbiy faoliyatida foydalaniladigan o‘zbek tilidagi rasmiy ish hujjatlari bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • maqola, ilmiy tezis, referat va shu kabi ilmiy matnlarni tahlil qilish, ularga shaxsiy munosabatini bildirishga, shu asosda ilmiy matn kompozitsiyasi, mazmuni, strukturasi haqida bilimlarga ega bo‘lishga, ilmiy ijodga yo‘naltirish;

  • talabalarning o‘zbek tilidagi manbalardan olingan axborotni ixtisosligiga mos mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar (tezis, referat, annotatsiya, rezyume) sifatida rasmiylashtirish, tanqidiy, tahliliy fikrlash va o‘zbek tilida munosabat bildirish, o‘z fikrini turli uslublar va nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda bog‘lanishli bayon eta olish, matnni ixchamlash, kengaytirish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • talabalarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni takomillashtirish, muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlar berish, fikrni ifodalashda turli sintaktik sinonimlardan foydalanishga yo‘naltirish;

  • talabalarning jahon va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganishga, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbus tarkibidagi musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish, tildan amaliy foydalanish malakalarini rivojlantirish.


Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling