Mutaxassislikka kirish
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- SNIPS (Claring House Interbank Payments System)
Teletal nomli loyihaga binoan 2 mingdan ortiq xil xizmat ko'rsatish turi mavjud bo'lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Ular yordamida iste'molchilar va ishbilarmonlar uchun elektron schetlar ochildi. Frantsiya va AQShdagi bir qancha xonadon egalari o'z uylarida banklarning bo'limlariga ega bo'ldilar.
Bu yo'nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va "Benk of Skotland", Germaniyada "Keln jamg'arma banki" va Gamburgdagi "Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar bilan ishlashni Stokgolmdagi "Gota banken" boshlab berdi. O'zbekiston Respublikasi uchun ко'rib chiqilayotgan muammo juda ham dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo'limi o'z kassasi bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo'limlari, magazinlarda, vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog'ini tashkil qilish mumkin. Geimaniyaning "Niksdorf kompaniyasi elektron pullami tatbiq qilish bo'yicha ilg'orlardan biri hisoblanadi. Bu kompaniyada Eurocard nomli standart kredit kartochkalar ishlatilib, hozirgi davrda dunyo bo'yicha bir necha milliondan ortiq kishi bu kartochkalardan foydalanadi. Наг bir kredit kartochkasiga ma'lumot tashuvchi vosita-magnit karta o'rnatilgan bo'lib, unda xususiy schet nomeri, bank nomi, mamlakat, mijozning to'lash qobiliyati ko'rsatkichi, berilgan kredit qiymati va hokozolar yozilgan bo'ladi. Yangi mijozni bu tarmoqqa qo'shish uchun unga ma'lum miqdorda kredit ochilgan bo'lishi kerak. Frantsiyada aqlli kredit kartochkalarini joriy qilish boshlandi. Bunday kartochkalarga operativ xotiraga ega bo'lgan mikroprotsessor o'rnatilgan bo'lib, turli xil to'lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. AQShda magnitli to'lov kartochkalari tatbiq qilingan. Bu kartochkalarga ham tegishli hajmda operativ xotiraga ega bo'lgan mikroprotsessor o'rnatilgan bo'lib, hech qanday terminalsiz uydagi telefon yordamida to'g'ridan-to'g'ri bank bilan hisob-kitobni amalga oshirish mumkin. Butun dunyo bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitob sistemalariga ega bo'lgan bank tarmoqlari jadal tatbiq etilmoqda. Bulardan biri Bankwire bo'lib, u kredit iste'molchilari uchun emas, balki banklararo hisob-kitobga mo'ljallangan edi. Tarmoq orqali faqat bank hujjatlari emas, balki mas'uliyatli moliya qarorlarini ham qabul qilish uchun ishlatiladigan muhim ma'lumotlar ham yuborilar edi. AQSh federal rezerv sistemasi tomonidan yaratilgan Fedwire sistemasi mamlakat ichida sodir bo'lgan oldi-berdilarning 80% ini qamrab oladi. Bu, taxminan, bir kunda 360 milliard dollarga to'g'ri keladi. Uning xizmatidan 800 dan ortiq bank foydalanadi. Nyu Yorkda joylashgan SNIPS (Claring House Interbank Payments System) moliyaviy tarmog'i 90% tashqi oldi-berdilarni jamlagan bo'lib, unda yuzlab banklar ishtirok etadi. Banklararo elektron hisob-kitob sistemasining keyingi ravnaqi oxir oqibatda naqd pullarning butunlay yo'qotilishiga olib kelishi shubha tug'dirmaydi. Har qalay bu qat'iy qadamga barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar amalda tayyordir. G'arbiy Yevropadagi kichik davlatlar tayyorgarlik tadbiri sifatida har bir yangi tug'ilgan chaqaloqqa bankda hisob raqami ochishni zaruriy shart qilib qo'ydilar. O'z navbatida iqtisodiyotda, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu sohadagi yetakchi olimlarning fikriga ko'ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil qilib, ma'lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta'minlash bo'yicha barcha muammolarni o'rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo'llash va shu sohalarga ta'sirini o'rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma'lumotlarni ishlash jarayonlarini o'rganish va uni avtomatlashtirish yo'llarini izlashga xizmat qiladigan fan sifatida maydonga keldi. Informatikaning usullari va vositalari ma'lum ma'noda moddiylashib, iste'molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. "Informatsion texnologiya" deganda, ma'lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi orqali joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko'rsatishning zamonaviy hisoblash texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa vositalariga tayangan hozirgi zamon turlariga tushuniladi. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda milliy axborot tizimini shakllantirish, axborot texnologiyalarini iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida keng qo'llash va halqaro axborot jamiyatiga kirish uchun puxta zamin yaratildi. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz internet tizimiga keng miqyosda ulandi va aholiga axborot xizmati ko'rsatish amalga oshirildi. Birgina 2004 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 2 baravar ko'paydi va internet-klub va internet-kafelar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda. 2004 yil aprel oyida «uz» sayti ro'yxatga olindi va Web-saytlar soni 600 taga yetdi. O'zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar ham o'z saytlariga ega. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bank ishi yo'nalishini tugallagan mutaxassislarning banklarda o'z ish o'rinlariga ega bo'lishlari uchun o'zlari ustida tinimsiz izlanishlari va yangi axborot texnologiya vositalaridan foydalanishni bilishlari zarur. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling