Mutaxassislikka kirish
Download 290.52 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
Doktorantura - oliy malakaliy ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash shakli. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi va oliy bosqichi. Doktorantura bosqichi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, vazirlik va idoralar tasarrafidagi ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari va tashkilotlarida ochiladi. Obro'li ilmiy maktablar, yetarli ilmiy salohiyat hamda zarur laboratoriya tadqiqot bazalariga va ixtisoslashgan ilmiy kengashga ega ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar qoshida fan va texnikaning eng muhim mutaxassisliklari bo'yicha tadqiqotlarni rivojlantirish, respublika va uning mintaqalarida ilmiy texnika taraqqiyoti hamda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi davlat ilmiy texnika dasturlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Doktoranturaga odatda himoya qilingan dissertatsiyani mos mutaxassisligi bo'yicha dotorlik dissertatsiyasiga kamida 50% hajmida asos bo'la oladigan, ilmiy natijalari bilan salmoqli yutuqlarga erishgan, o'zini qobiliyatli hamda istiqbolli ilmiy yoki ilmiy pedagog xodim sifatida namoyon qilgan fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va iqtisodiyotda ijtimoiy-iqtisodiy muhim ilmiy muammolarni hal qilgan, shu qobiliyatga ega bo'lgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. Doktoranturada o'qish muddati tabaqalangan tarzda belgilanadi, ya'ni 1-3 yilgacha va u ilmiy va ilmiy pedagogik ish stajiga qo'shiladi. Doktoranturada, asosan, ilmiy tadqiqot natijalarini, ya'ni doktorlik dissertatsiyasini ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoyalash bilan yakunlanadi. Muvafaqqiyatli himoya qilganlarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Atesstatsiya Komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi bo'yicha «Fan doktori» ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mening eng katta ishonchim yosh avloddir. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, ko'rsang xavasing keladigan, barkamol va shijoatli farzandlarimizdir. Men o'zimning taqdirimni ham, mamlakatimiz taqdirini ham ana shularning qiyofasida ko'raman» deb ta'kidlaganlaridek, Toshkent Moliya Instituti ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshira borib, iqtisodiyotga yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'z xissasini qo'shmoqda. Download 290.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling