Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi
Download 112.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza-26
Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi Tinglovchiga asarnning g‗oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki hissiyotlarini etkazish ifodali o‗qish oldiga qo‗yiladigan asosiy vazifadir. Shu maqsadda har bir talaba ifodali o‗qishning o‗ziga xos xususiyatlarini mukammal o‗rganishi kerak. Uni puxta o‗zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo‗lib, o‗z fikrini tinglovchilarga to‗g‗ri va izchil etkaza oladi. To‗g‗ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda o‗qilavermaydi. Har qanday asarni ifodali o‗qish uning janr xususiyatlari va kompozision tuzilishiga ko‗ra belgilanadi. O‗qituvchi asarni ifodali o‗qisha kirishishdan oldin uning g‗oyaviy mazmunini, obrazlar tizimini va badiiy xususiyatlarini chuqur o‗rganishi lozim. She‘riy asarlarni ifodali o‗qishning o‗ziga xos xususiyatlari o‗qiladigan asarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurilishiga bog‗liq. Ma‘lumki, nutq tafakkur mahsulidir. Kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so‗zlar vositasida etkazib, o‗zaro fikr almashadi,aloqada bo‗ladi va kayfiyatini ifoda etadi. fikr – tuyg‗ular, maqsad-intilishlar, his- hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali ham etib boradi. Muayyan istak, niyat-intilish, haakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlariga intonatsiya deyiladi. Ifodali o‗qish jarayonida intonatsiyaning ahamiyati katta. Badiiy asarda intonasiya orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichik kechinmasi ifodalanadi. Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini tinglovchiga etkazishda intonasiya katta rol o‗ynaydi. Intonasiyaning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ta‘kidlanganidek u asar mazmuni, avtor maqsadi, fikr-tuyg‗usi hamda kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Qadimgi dunyoning mashhur so‗z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq jarayonida ohang eng muhim va eng ta‘sirchan vosita ekanligini ta‘kidlab bunday deydi: Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchilaming e‘tiborlarini o‗ziga jalb etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki jonga tegmaydigan, ko‗ngil qolmaydigan huzurbaxsh bo‗lsin. Shu ma‘noda intonatsiya ifodaviylikning asosiy vositasi bo‗lib, inson hissiyotlari holatining rang-barang tovlanishlarini aks ettirishga xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg‗ular, nozik kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin. Nutq jarayonidagi fikr-tuyg‗ular, maqsad va intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishlari orqali yetib boradi. Muayyan istak, niyat, intilish, harakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlari (ovoz o‗zgarishi) intonatsiya deyiladi. Badiiy asar matnida intonatsiya turli tinish belgilari, she‘riy asarlarda misralaming joylashishiga qarab belgilanadi, shuningdek, u asar mazmuni, muallif maqsadi, fikr-tuyg‗usi va kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Asar g‗oyasini tushunishda intonatsiyaning o‗mi, ayniqsa, dramatik asarlarda o ‗ziga xoslik kasb etadi. Badiiy asarlarda intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g‗azab, ta‘kid kabi turli his-tuyg‗ularni ifodalaydigan ko‗rinishlaridan foydalaniladi. Yozuvchi va shoirlar ko‗pincha nutqning emotsional ta‘sirchanligini yanada oshirish uchun xitob, undov va so‗roq mazmunini ifodalaydigan intonatsion-sintaktik gap qurilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun bunday nutq emotsional-ritorik intonatsiyali nutq hisoblanadi. Agar jonli nutqda qo‗yilgan so‗roqlarga notiqning o‗zi javob bersa, badiiy nutqda emotsional-ritorik so‗roqlarga hech kim javob bermaydi. Shoir ritorik so‗roq va ritorik undovdan hayajonli intonatsiya yaratish uchun foydalanadi. Bu turdagi asarlami ifodali o ‗qish ijrochidan puxta tayyorgarlik va aktyo‗rlik mahoratini ham talab qiladi. Masalan, quyida keltirilgan doston parchasi emotsional-ritorik intonatsiyali nutqning yorqin namunasidir: Nazrul Johil olomonga Qaradiyu oh chekib, O‗zni otdi tik maydonga Yoqasini chok etib. Faryod qildi: ―Ne vahshat bu?! Bas, xaloyiq! Qotillikni to‗xtat, hindu, G ‗azotni qo‗y, musulmon! Hind, musulmon - Birodarmiz, Farzand Odam Atoga! Haq oldida barobarmiz, Ayting, Ne bor nizoga?! Xunrezlik qil demagan-ku, na Vedayu, na Qur‘on! Tig‗ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? (Erkin Vohidov. ―Ruhlar isyoni‖) Parchadagi Qotillikni to 'xtcit, hindu! Haq oldida barobarmiz, Ayting ne bor nizoga?! Tig‗ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? kabi undov va so‗roq gaplar hayajonli intonatsiyani yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham ushbu misralami ifodali o‗qiyotganda bo‗layotgan xunrezliklarga kuchli taassuf, afsus va nadomat ohanglari sezilib turishi lozim. Badiiy asarda syujet voqealari, personajlaming ruhiy holatlari o‗zgarib, goh osoyishta, goh jo ‗shqin bo‗lib turgani uchun, badiiy tilda bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo‗lgan mazmunga qarab turlanib turadi. Bayon ohangining o‗zgarib turishini ta‘kidlaydigan bunday vositalarga inversiya, takror, anafora, parallelizm, ritorik murojaat, ritorik xitob kabi stilistik usullar kiradi. Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri inversiyadir. Download 112.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling