Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi
Download 112.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza-26
Band ritmi. O‗zbek poeziyasida band qurilishi bilan bog‗liq ritm band ritmi
deb ataladi. Bandlarning qofiyalanish tartibi har-xil bo‗lib, ular o‗ziga xos ritm hosil qiladi. Masalan, Masnaviy: Vodiylarni yayovkezganda, - a Bir ajib his bor edi menda...-a Chappar urib gullagan bog‘in, -b O‘par edim Vatan tuprog‘in. –b Odamlardan tinglab hikoya –v O‘sar edi shoirda g‘oya...-v Mark Tulliy Sitseron nutqda ritmning o‗rni va ahamiyatini ta‘kidlar ekan, shunday deb yozadi: ―Nutqda go‗zallik bag‗ishlaydigan ikkita vosita bor: So‗zlar va ritmlarning yoqimliligi. So‗zlar go‗yoki qandaydir ashyo (material), ritm (usul) esa, uning bezagidan iboratdir‖ 1 . Darhaqiqat, nutqni, ayniqsa, she‘riy nutqni ritmsiz tasaw ur qilib bo‗lmaydi. Chunki she‘r ohang jihatidan ma‘lum bir tartibga solingan o‗lchovli ritmik nutqdir. Ritm (rhytmos) yunoncha so‗z bo‗lib, vazndosh, ohangdosh degan ma‘nolarni bildiradi. She‘riy nutqdagi muayyan, bir-biriga monand kichik bo‗laklarning izchil va bir o‗lchovda takrorlanib kelishi ritm deyiladi. Chunonchi, barmoq vaznidagi she‘rlarda ohangdoshlik misralardagi hijolaming bir tekisda takrorlanishidan, turoqlar, qofiya va radiflardan hosil bo‗ladi. Masalan: His etib dunyoning shodligin, g‗amin, Ulug‗ bir hikmatga bo‗lganman amin: Yaxshiyu yomonni ko‗tararkan teng, Shu bois, ona deb nom olgan zamin. Ushbu to‗rtlikning har bir misrasi ma‘lum bir o‗lchov asosida yaratilgan. Misralar bir xil sondagi 11 bo‗g‗inli hijolardan tashkil topgan, ohang jihatidan ma‘lum bir tartibda tuzilgan. Aruz vaznidagi she‘rlarda ritm cho‗ziq va qisqa hijolaming ma‘lum tartibda takrorlanib kelishi natijasida hosil bo‗ladi. Erkin vazndagi she‘rlarda esa har misradagi so‗zlaming mazmuniga muvofiq intonatsiya bilan aytilishidan ritm-ohang paydo bo‗ladi. Ifodali o‗qish jarayonida she‘riy asarning g‗oyaviy yo‗nalishiga qarab so‗zlashuv ohangidan, lirik va dramatik ohangdan foydalaniladi, tinish belgilariga qarab pauzalarga alohida e‘tibor beriladi. Shundagina asardagi har bir so‗z chuqur ma‘no va emotsional ta‘sir kuchiga ega bo‗ladi. ―Zero, har qanday san‘at tabiat tomonidan bunyod etilar ekan, u bizning tabiatimizga ta‘sir o‗tkazmasa va huzur baxsh etmasa, u hech narsaga arzimas edi. Bizni ham to‗lqinlantiruvchi, ham jo ‗shqin etuvchi va ko‗pincha, bizda ham quvonch, ham g‗amginlik keltirib chiqamvchi vazn (ritm, marom)lar va ovozchalik hech narsa bizning ongimizga tabiatan yaqin emasdir‖ 2 . Darhaqiqat, badiiy asaming inson mhiga o‗tkazadigan hissiy ta‘sirida so‗z ijrochisining yoqimli ovozi bilan birga intonatsiya, vazn va ritmning ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, ritm she‘r musiqiyligi va ohangdorligini ta‘minlovchi, lirik qahramonning his-tuyg‗ularini badiiy ifodalashga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biridir. Ba‘zi adabiyotlarda ritmni band ritmi, alliteratsion ritm, anafora ritm, intonatsion ritm kabi turlarga ajratib ko‗rsatilgan2. Shu o‗rinda ushbu ritm turlarining o‗ziga xos jihatlari bilan qisqacha tanishib chiqaylik. Band ritmi. 1 Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taijimasi). - Т.: Yangi asr avlodi, 2007, 385-bet 2 She‘riyatda band tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan ritm band ritmi deb yuritiladi. Band mazmunning shartli tugalligi bilan farqlanuvchi she‘r misralari yig‗indisidan iborat bo‗lib, u poetik fikr, ritm jihatidan tugal bo‗lgan va qofiya tartibi bilan birlashgan she‘riy bo‗laklardan tashkil topadi. She‘r bandlarining qofiyalanish tartibi har xil bo‗lib, ular o ‗ziga xos ritm hosil qiladi. Masnaviy: Kimsa necha zebu tama‘din yiroq, - a Zimnida osoyish erur yaxshiroq. - a. Gavharu dumi quloq ozori bil, - b So‗zni quloqning durri shahvori bil. – b Oltun isirg‗aki qulog‗ og‗ritur, - v Zarhal etukdurki, ayog‗ og‗ritur. - v Nukta durrin, bil, qulog‗ oroyishi, - g Keng etuk o ‗ldi oyoq osoyishi... – g Murabba‘: Ko‗rmay yuzini devona bo‗ldum, - a Xalqi j ahondin begona bo ‗ ldum. - a Yuz dardu g‗amg‗a hamxona bo‗ldum, - a Ey bod, yetkur yora salomim. - b Yordin judo men o‗lguncha bo‗ldum, - v Qonlami yutdum, hasratga to‗ldum. - v Dardi g‗amingdin, vallohki, о‗ldum, - v Ey bod, yetkur yora salomim. - b (Mashrab) Muxammas- Xonumonidin judo bo‗lgan kishidin dard so‗rang, - a O‗rtanib qaddi duto bo‗lgari kishidin dard so‗rang, - a Yuz alamga oshno bo‗lgan kishidin dard so‗rang, - a Bekasu bemuttako boigan kishidin dard so‗rang, - a Misli men, bedastu po bo‗lgan kishidin dard so‗rang- b Telmurib qoldim bu yo‗lda hamsafardin ayrilib, - v Yo‗l adashib g‗amdadurman rohbardin ayrilib, - v Baxt qaro keldim bu yo‗lda yaxshilardin ayrilib, - у Andalib erdim, qolibman bolu pardin ayrilib, - v Men kabi baxti qaro bo‗lgan kishidin dard so‗rang.-b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling