Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi


Download 112.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi112.03 Kb.
#1558139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza-26

Parallelizm. She‘riy asarlarda parallelizm ikki yoki undan ortiq hodisani 
yonma-yon qo‗yish orqali poetik mazmunni ochishda xizmat qiladi. Parallelizmlar, 
asosan, xalq she‘riyatiga xos usul boMib, ular keyinchalik yozma adabiyotga ham 
o ‗tgan. Parallelizm mazmunan hamda vazifasiga ko‗ra, to‗rt turga ajratiladi: 
tematikpsixologik, 
ritmik-sintaktik, 
intonatsion 
va 
leksik-morfologik 
parallelizmlar. Masalan: Intonatsion parallelizmlar - talaffuzda bir xil 
ohangdorlikka asoslangan usul bo‗lib, bir necha gap yoki bo‗laklar bir xil ohangda 
o‗qiladi. Masalan: 
O‗z oldiga, ishadi, 
Yo‗lsiz cho‗lga tushadi, 
Issiq kunga pishadi 
Kuyib Hasan jo‗nadi. 
(―Ravshan‖ dostonidan) 
Mazmunan bir-biriga yaqin hodisalar va narsalar yonma-yon qo‗yilgan 
holda qiyosiy tasvirlansa, bu - tematik parallelizm deyiladi. Masalan:
Bu tog‗lar qanday tog‗lar, 
Toshi bor, tepasi yo‗q. 
Va‘dasida turmagan yoming 
Dardi bor, vafosi yo‗q. 
Parallelizmning barcha turlari poetik nutqning ifodali, tasviming jonli va 
yorqin bo‗lishiga xizmat qiladi. Anafora yunoncha so‗z bo‗lib, yuqoriga chiqarish 
degan ma‘noni bildiradi. Anafora - she‘riy misralaming boshida yoki nasriy 
asardagi gaplaming boshida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so‗z va 
iboralaming takrorlanib kelishidan iborat stilistik usullardan biridir. Masalan: Bir 
xil tovushlaming takrorlanib kelishi:


Yo‗lbars yurmas yo‗llardan 
Yo‗rtib ketib boradi. 
Bir xil so‗zlaming ohangdosh bo‗lib kelishi:
Qaysi bir ozorin aytay jonima ag‗yoming, 
Qaysi bir og‗ritqonin ko‗nglimni dey dildoming, 
Qaysi bir berahmlig‗ini tolei gumrohning. 
Qaysi hasrat birla armonin vafosiz vaslning 
Qaysi mehnat birla ranjin furqati xunxoming. 
(Bobur) 
Shoir ―qaysi bir ‘ birikmasini har bir misraning boshida qaytaqayta takrorlar 
ekan, inson boshiga tushadigan dunyo sitamlarining beadadligini ta‘kidlamoqchi 
bo‗ladi. Ayni paytda g‗azalda anafora bo‗lib kelgan takroriy so‗zlar lirik 
qahramonning hasrat va nadomat tuyg‗ularini pog‗onama-pog‗ona yuqoriga 
ko‗tarib avj nuqtasigayetkazgan va, shu bilan bir qatorda, she‘ming badiiy 
mukammal chiqishiga ham yordam bergan. Demak, anafora badiiy asarda lirik 
qahramon kayfiyati, ichki kechinmalari, ruhiy holatini ochishda muhim vosita 
sanaladi. Shunday ekan, misralar boshida takrorlanadigan so‗z yoki so‗z 
birikmalari asaming g‗oyaviy mazmuni, muallif maqsadi bilan chambarchas 
bog‗liq holda o‗ziga xos intonatsiya bilan o‗qilishi zamin. 
RITM
grekcha ( rhuthmos–ritmos) so‗zidan olingan bo‗lib, vazifadosh, 
ohangdosh degan ma‘nolarni anglatadi. Ritm ifodali o‗qishda katta o‗rin tutadi. 
Badiiy adabiyotda, ayniqsa, she‘riyatda misradagi kichik bo‗laklarning bir-biriga 
monand ravishda takrorlanib kelishi ritmni hosil qiladi.masalan, barmoq tizimidagi 
she‘rlarda ritm, turoq, qofiya, radiflar yordamida va misralardagi hijolarning bir 
tekisda takrorlanishidan maydonga keladi. Aruz tizimiga mansub she‘rlarda esa, 
ritm, cho‗ziq va qisqa hijolarning bir xil tartibda takrorlanishidan hosil bo‗ladi. 
Erkin she‘rlarda har bir satr zinapoya shaklida bo‗laklarga bo‗lib yoziladi va ularni 
o‗qiganda mazmunga qarab, ritm saqlanadi. Poeziyada ritmni bir-necha ichki 
turlarga bo‗lib ko‗rsatish mumkin. Masalan, band (strofa) ritmi, alleterasion ritm, 
anafora ritmi, intonasion ritm, ijrochilik pauzalariga bog‗liq bo‗lgan ritmlar va 
boshqalar. Biz bulardan band ritmi, alleterasion ritm va anafora ritmi haqida fikr 
yuritish bilan cheklanamiz.

Download 112.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling