Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi
Download 112.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza-26
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alliterasion ritm.
- Anafora ritmi
Alliteratsion ritm. Alliteratsiya lotincha so‗z bo‗lib, harf degan m a‘noni
bildiradi, ya‘ni alliteratsiya she‘riyat harflar - tovushlar takroriga asoslangan badiiy san‘atdir. She‘rda bir xildagi ohangdosh tovushlaming takrorlanishi natijasida alliteratsion ritm hosil bo‗ladi va badiiy nutqning intonatsion ifodaviyligini kuchaytiradi. Alliteratsiya mumtoz adabiyotda tavzi‘san 'ati deb yuritilgan. Klassik adabiyot namoyandalari misra yoki baytda tovushdosh so‗zlardan mahorat bilan foydalanib, she‘rlarining badiiy ta‘sirchanligini oshirganlar. Masalan: Toqatim toq o‘ldi to bo‘ldim talabgoring sening. Misra davomida so‗zlarda ―f‖ tovushining bir maromda qayta-qayta takrorlanishi natijasida ofcziga xos ritm va ohangdorlik yuzaga kelgan. Quyidagi baytda ham shunga o‗xshash holatni kuzatish mumkin. Ganja ganjurikim, chekib ko‗p ranj, Qo‗ymish erdi jahonda besh ganj. Hozirgi zamon adabiyotida alliteratsiyaning eng go‗zal namunasini yuksak iste‘dod sohibi Erkin Vohidov ijodida uchratamiz. Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz, Qilib qatlimga qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab qanot qoqmoqqa qo‗ymaysan, Qarab qo‗ygil qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz. Alliterasion ritm. Bir xildagi ohangdosh tovushlarning takrorlanishi natijasida hosil bo‗ladi: Bu yo‗llar ko‗p qadim yo‗llardir, Uzala tushgan cho‗l kabi sokin. Ustidan shabada esmagan tiniq ko‗l kabi, Og‗zi qon bir bo‗ri yo oqsoq bir it: Hayqirsa, uvlasa, Har tongda bir dong deb bong ursa dovullar... Anafora ritmi – poetik asarlarning misralari boshida yoki prozaik asarlardagi gaplarning oxirida bir xil tovush, ohangdosh so‗z yoki iboralarning takrorlanib kelishidan hosil bo‗ladi. Masalan, Ko‘m-ko‘k Ko‘m-ko‘k Ko‘m-ko‘k... Ko‗klam quyoshdan ko‗kargan qirlar Po‗lat yag‗rinlarni ko‗targan erlar ko‗m-ko‗k. Qora zulfing firoqida parishon ro‗zg‗orimbor, Yuzungning ishtiyoqida ne sabru qarorim bor. Labing bag‗rimni qon qildi, ko‗zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi men andin Bir so‗rorim bor... Download 112.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling