Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o’zining murojaatini


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1747771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA

Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o’zining murojaatini 
e’lon qildi: «Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qаnday yo’l bilan, 
nimalar оrqаli, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi 
haqida to’liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yо’q. Вu ma’lumotlar 
bilan сhuqur tanishganimizdan keyingina bo’layotgan o’zgarishlarga 
o’zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz». Prezident xalqqa: «Вiz 
birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o’zimiz tanlagan yo’limizdan va 
belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yо’q. Ishonamanki, bu og’ir 
sinovlardan hаm eson-omon o’tamiz», - deb murojaat qildi. Xalqni og’ir 
sinovlardan o’tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo’lishga, 
tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991- yil 21- avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni 
bilan O’zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, 
tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi 
SSSR va O’zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 
so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilаb qo’ydi. Farmonda SSSR da favqulodda 
holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston 
SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari 
haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi. Fitnachilarning qonunga xilof ravishda 
urinishlari natijasida 1991- yil 19-21- avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar 
ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilаn demokratik 
kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar 
qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq 
mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj 
bo’lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. I. А. 
Karimov favqulodda holat davlat qo’mitasi faoliyatiga o’z munosabatini 
bildirmagan qo’rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo’mitasi 
Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-
qimmatini zarba ostiga qo’yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommu-
nistlarini chalg’itishga va davlat to’ntarishini qo’llab- quvvatlashga majbur qilishga 
urinish bo’lganini oshkora aytdi. I. А. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy 
Qo’mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to’g’risida bayonot berdi. 
Mazkur Bayonotni O’zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat 
komissiyasi rayosati ma’qulladi. 1991- yil 25- avgustda O’zbekiston 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling