Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binоаn Respublika
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binоаn Respublika
ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay holi qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Respublika Oliy Kengashining rayosati 1991- yil 26- avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi. 1991- yil 28- аvgustda O’zbekiston Oliy Kengashining rayosati «Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991- yil 31- avgust kuni chaqirish haqida qaror» qabul qildi va sessiyada O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo’yildi. 1991- yil 28- avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I. А. Karimovning mamlakatda 19-21- avgust kunlari sodir bo’lgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Рlеnum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991- yil 31- aygust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nаvbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I. А. Karimov nutq so’zlаb, sobiq Ittifoqda so’nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling