Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1747771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA

Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunning qabul 
qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiya 
mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda 
konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, de-
mokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobga 
olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Tеmur va boshqa 
allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga 
asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O’zbekiston Respublikasining Kons-
titutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uсhun matbuotda e’lon qilindi. 


Muhokama 2 оyсhа davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida 
tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon 
qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar 
bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va 
tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I. А. Karimov O’zbekiston 
Konstitutsiyasini ishlab сhiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini 
qo’shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo’lgan ХI sessiyasi O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. 
«Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, - degan edi Prezident I. А. Karimov 
sessiyada so’zlagan nutqida, - yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan 
Millatlar Tаshkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga
xalqaro huquqning bаrсhа e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, 
rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo’shma Shtatlari
Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, 
Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining 
Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi». (I. А. Karimov. Asarlar, t.1, 127- 
bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va 
aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
qabul 
qilindi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling