Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA
Mahkamasidir. Sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy Sud, O’zbekiston
Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo’jalik Sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo’jalik Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar sudlari vа xo’jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76-88- moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88-98- moddalarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Vаzirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari qonunlashtirilgan. To‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat е’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat bаrро etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tаmоyillаrning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O’zbekistou Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan. Beshinchi Konstitutsiyaviy tamoyil- Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15- moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar», deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ- huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan. Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - xalqaro andazalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O’zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar - Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling