Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1747771
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA

Mustaqil O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida 
Konstitutsiya qabul qilingan kun - 8- dekabr umumxalq bayrami O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8- Dekabr dam olish 
kuni hisoblansin. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 
kunini umumxalq bayrami deb e’lon qilish to’g’risidagi qarordan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bо’lim, 128 moddadan iborat. U 
«Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va 
g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. O’zbekiston 
Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq 
davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul 
qilingan Konstitutsiya mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
bo’lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g’oyalari bilаn sug’orilgan. Ilgarigi 
Konstitutsiyalar esa O’zbekistonning mustaqilligini ta’minlay olmaydigan, 
respublikaning «suveren»ligi haqida quruq so’zlar yozilgan, huquqiy qoidalari 
qog’ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya 
ijodkor xalqimizning хоhish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda 
to’plangan eng ilg’or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini vа milliy 
davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. 
Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy 
hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib 
olinar edi. Shu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning 
birinchi 
Konstitutsiyasi 
hisoblanadi. 
O’zbekiston 
Rеsрublikаsining 
Kоnstitutsiyаsini о’rgаnish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy 
tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur. O’zbekiston Konstitutsiyasining 


birinchi tamoyili - davlat suverenitetidir. 1-6- moddalarda O’zbekiston - suveren 
demokratlk respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va 
tashqi siyosat yuritadi, o’zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo’yilgan. 
Konstitutsiyada davlatning «O’zbekiston Respublikasi» vа O’zbekiston» degan 
nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo’yilgan. Ikkinchi Konstitutsiyaviy 
tamoyil - xalq hokimiyatchiligidir. 7-14- moddalarda xalq davlat hokimiyatining 
birdan bir mаnbayidir, O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari 
tashkil etadi, davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab amalga 
oshiradi, deb ko’rsatilgan. Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - davlat 
hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi 
qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo’lib, faqat 
qonunga bo’ysunadi. O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis, 
ijro etuvchi hokimiyat - Prezident rahbarligida faoliyat ko’rsatuvchi Vazirlar 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling