Muvofiqlini baholash to’g’risida
-modda. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
Download 26.67 Kb.
|
Muvofiqlikni baholashning qonuniy asoslari. “Muvofiqlini baholash to’g’risida”gi qonunning umumiy qoidalr va maqsadi
10-modda. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
Inspeksiya nazorati Milliy akkreditatsiya organi, muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra muvofiqlik sertifikatini yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoxud sertifikatni yoki guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 5-bobi. 11-modda. Sertifikatlashtirishni, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani, mahsulot sinovini, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini yoki ekologik ekspertizani amalga oshirish Sertifikatlashtirish, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati”, “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari” (ro‘yxat raqami 1513, 28.09.2005-y.), O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni. Download 26.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling