Muvozanat modeli. Reja: Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Download 43.02 Kb.
bet4/11
Sana08.01.2022
Hajmi43.02 Kb.
#245436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Temur tayyor

Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi. Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iktisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iktisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy okibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik.

Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi. Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.

Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish xaki mikdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamgarishadi. Jamgarmalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini kondirish maksadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafakaga chikkandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maksadida amalga oshiriladi. Bundan tashkari jamgarmalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maksadida xam amalga oshiriladi.

Investorlarni investitsiya kilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir. Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamgarma va investitsiyalar mikdorini aniklaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamrok iste`mol kilib, ko`prok jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida jamgarmalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaktida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi.

Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamgarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab chikdi.

Ishlab chikarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`kotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. SHuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniksa investitsiyalarning o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.




Download 43.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling