Muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot
Download 134.73 Kb.
|
mustaqil ish DH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xromatik dispersiya
- Eng kata to‘lqin uzunlikli moda Ko‘p modali optik tola kesimida yoruglik manbayidan berilayotgan uchta modaning tarqalishi ko‘rsatilgan (ideallashtirilgan rasm).
- Material dispersiyasi
Modalararo dispersiya
Modalararo dispersiya tola bo‘ylab modalarning turli yo‘nalish- larda turli vaqtda tarqalishi bilan bog‘liq. Ko‘p modali tolaga sonli apertura burchagi doirasida bir necha ruxsat etilgan modalar kiritilishi mumkin. Modalar turli yo‘nalishlarda tarqaladi va uzatuvchi manbadan qabul qilgichga turli vaqtlarda yetib keladi. rasmda eng katta to'lqin uzunlikli moda 2 ta qaytishga ega bo‘lsa, eng kichik to‘lqin uzunlikli moda tolaning shu kesimida 7 ta qaytishga ega. Natijada kichik to‘lqin uzunlikli moda energiyasi katta to‘lqin uzunlikli moda energiyasiga qaraganda kechikadi. Qabul qilingan impulslar yig‘indisida bir impulsni qo'shni impuls intervaliga tushishidan qo‘shni impuls xato qabul qilinadi. Modalararo dispersiya ko‘p modali uzatish tizimlarining kamchiligi hisoblanadi. Bu turdagi dispersiya buzilishlarining bir modali tolalarni qo‘llash orqali bartaraf etish mumkin. Chunki undan faqat bitta asosiy moda uzatiladi. Xromatik dispersiya Xromatik dispersiya ham dispersiyaning boshqa turlari kabi impulslarning kengayishi tufayli hosil bo‘ladi. Xromatik dispersiyani material va to‘lqin uzatuvchi (tola) dispersiyalarining yig‘indisi tashkil etadi: Xromatik dispersiya pikosekund/nanometrkilometr (ps/nm-km) da o‘lchanadi. (1 ps = MO12 s, 1 nm =1-10-9 m ). Eng kata to‘lqin uzunlikli moda Ko‘p modali optik tola kesimida yoruglik manbayidan berilayotgan uchta modaning tarqalishi ko‘rsatilgan (ideallashtirilgan rasm). Bu 1 nm kenglikdagi impulsni 1 km uzunlikdagi tola orqali o‘tgandagi ps da kengayishidir. Masalan; bir modali standart tolalarda 1550 nm to‘lqin uzunligida xromatik dispersiya qiymati 17 ps/nm km atrofida bo‘ladi. Dispersiyaning bu turi bir modali tolalarga ham, ko‘p modali tolalarga ham xos. Lekin bir modali tolalarda ko‘proq namoyon bo'ladi. Material dispersiyasi Material dispersiyasi to ‘Iqin uzunligini tola materialining sindirish ko‘rsatkichiga bogliqligi bilan aniqlanadi. Natijada tola materiali orqali har xil to ‘lqin uzunliklari turli tezliklarda uzatiladi. Optik tola, asosan, kvars shishasidan (Si02) ishlab chiqariladi. Har bir to‘lqin tola materialidan turli tezliklarda uzatiladi. 1 — shaffoflik oynasida katta to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, qisqa to‘lqin uzunliklari kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan; 865 nm to‘lqin uzunligi 835 nm ga nisbatan katta tezlikda uzatiladi. Bunga teskari 3 — shaffoflik oynasida qisqa to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, uzun to‘lqin uzunliklari nisbatan kichik tezlikda uzatiladi. Masalan, 1535 nm to‘lqin uzunligi 1560 nm ga qaraganda tezroq uzatiladi. 2 — shaffoflik oynasining 1310 nm to‘lqin uzunligi nol disper- siyali to‘lqin uzunligi deyiladi. Chunki 1310 nm to‘lqin uzunligida kvars shishasini sindirish ko‘rsatkichi minimal. Material dispersiyasi bir modali optik tolalarda dispersiyaning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Uzatish tizimlarining tezliklari oshgan sari bitlar orasidagi interval kamayadi, natijada dispersiya oshadi. Download 134.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling