Muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot
Qutblangan inoda dispersiyasining hosil bo‘lishi
Download 134.73 Kb.
|
mustaqil ish DH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dispersiyan kamaytirish usullari
Qutblangan inoda dispersiyasining hosil bo‘lishi
— kanalda uzatish lezligi oshganda; — regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda; — kanallar soni oshganda (DWDM) — zich toiqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tcxnologiya qoilanilganda. Tolani ishlab chiqarish jarayonini qatiy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin. Dispersiyan kamaytirish usullari Dispersiya qiymatlari minimal bolgan DSF, NZDSF tolalarini qo’llash dispersiyani kamaytirish usullaridan biridir. 0‘zbekiston Respublikasi tolali optik aloqa liniyalarida eng ko‘p yotqizilgan bu SF - standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib o'tilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali ka- beUarni olib tashlab, o‘rniga dispersiya qiymati kichik bo‘lgan DSF, NZDSF tolali optik kabellami yotqizish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan ma’qul. Eng ko‘p yotqizilgan standart tolali kabellar bo‘lgani uchun, bu tolalar qo‘llanilganda DSF (Dispersion Compensating Fiber) dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak. DSF — dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan, asosan, xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o‘tishda, tolqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda foydalaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy katta qiymatlarga ega bo'ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi. DSF tolalari «Corning», «Lucent Technologies», «Sumitomo Electric» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Lekin DSF tolalarini qoMlash bir qancha muammolarni tug‘- diradi: — dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalami ulash, montaj va ta'mirlashni murakkablashtiradi; — DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo'qotishlar a= 0,4 — 1,0 dB/km boMib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi; — 10 — 12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensa- tsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi; — nochiziqli effektlarning oshishiga olib keladi. Kompensatsiyalash samarali boMishi uchun ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymati va DSF tolasining dispersiya para- metrlarini oMchash kerak. Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki optik kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo‘yiladi. Bu dispersiyani kompensatsiyalovchi modullar DCM (Dispersion Sompensating Module) deyiladi. Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «Corning» B turdagi modullari 235x235x40 mm, D turdagi 267x267x40 mm, C turdagi 278x432x44mm, «Sumitomo» fir- masining 228x202x41 mm. Lekin, DCM qo‘llanilganda ham kamchiliklar mavjud: — qo‘shimcha yo‘qotishga olib keladi; — qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda va yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1 — 0,2 ps/km — 1/2 dan oshmasligi kerak. DCM modullari qoMlanganda yuqoridagi kamchiliklarni e’tiborga olish zarur. D, Ps/nrrrkm Download 134.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling