Muxammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Download 35.37 Kb.
|
Java ON Shirinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- If tanlash operatori turlari
Muxammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 220-16 guruh talabasi Shirinov Mirzabekning «Java tilida dasturlash» fanidan ON
Javoblar. 1) Javada String asosan char tipidagi qiymatlar ketma-ketligini ifodalovchi obyekt hisoblanadi. Belgili massiv esa javadagi String kabi ishlaydi, ya`ni:
1. char[] ch={'j','a','v','a','t','p','o','i','n','t'}; 2. String s=new String(ch); Kodimiz
1. String s="javatpoint"; Kabi ishlaydi. Java String klasi string ustida compare(), concat(), equals(), split(), length(), replace(), compareTo(), intern(), substring() kabi bir necha funksiyalarni ishlatib bir qator amallarni bajarish imkonini beradi. java.lang.String klasi Serializable, Comparable va CharSequence interfeyslarini implement qiladi. CharSequence interfeysi belgilar ketma-ketligini ifodalashda ishlatiladi. U String, StringBuffer va StringBuilder klaslari tomonidan implement qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, biz Javada stringni shu uch klasdan istalgani bilan yasay olamiz. String doimiydir, ya’ni uni o`zgartirib bo`lmaydi. Qachonki biz stringga o’zgartirish kiritsak, yangi instance variable – doimiy qiymat hosil qilinadi. O`zgaruvchan string uchun StringBuffer va StringBuilder klaslaridan foydalanish mumkin. Biz o`zgarmas(immutable) stringlarga keyinroq to`xtalamiz. Avval biz javadagi string haqida to`liq ma’lumot olamiz.
Java-ning afzalliklarini quyidagicha qayd etgan bo’lar edim: Java kodi ko’p so’zlik va uzun. Bir tomondan, bu sizni qo’rqitishi mumkin, ammo bunda ham o’ziga yarasha plyus tomoni bor. Kodni yozish jarayonida hamma narsa juda aniq va ravshan bo’ladi, sizning xato qilish yoki kutilmagan xatti-harakatlarga qo’l urishingiz ehtimoli juda kam. Java-da til tuzilmalari juda kam va ularning aksariyati bir xilda talqin etiladi (ya’ni, bir xil shablonda yoziladi). Java-da eski versiyalar qo’llab quvvatlanishi mavjud, ya’ni tilning yangi versiyasi chiqarilganda, eski kodda hech narsa buzilmaydi. Masalan, bunaqa ko’ngilbuzarlik ko’proq Swift dasturlash tilida uchrab turadi. Yangi boshlanuvchilar uchun Java mashhurligining ko’plab afzalliklari mavjud. Eng kamida, u katta jamoaga (community) ega. Bu shuni anglatadiki, tafsilotlarni tushunadigan va o’rganishga yordam beradigan odamlarni topish juda oson. Misol uchun, do’stlar orasida, stackoverflowda, githubda yoki ijtimoiy tarmoqlarda. Bundan tashqari, doimiy ravishda yangilanib turadigan ko’plab maqolalar, videolar va kitoblar ham mavjud, bu shuni anglatadiki, ekzotik tillardan ko’ra ushbu tilda yordam topish osonroq bo’ladi. Shuning uchun, Java — siz dasturlash o’rganish boshlash kerak bo’lgan tildir. Ushbu til yordamida mobil dasturlashni o’rganishingizni, o’zingizning birinchi mobil ilovangizni yozib tugatishingizni, so’ngra boshqa dasturlash tillarini o’rganishingizni tavsiya qilgan bo’lar edim. 3) Java dasturlash tilida ikkita tanlash operatori bo'lib ular if va switch lardir. Masalani qo'yilishiga qarab ularning birini ishlatish mumkin. If operatori kodlashni ikkita yo'ldan biriga burib yuboradi. Hayotda shart tekshirish operatorlarini shunchalik ko'p ishlatamizki, hatto ishlatganimizni ham sezmaymiz. Tasavvur qiling siz bekatda turipsiz sizga, 11- yo'nalishdagi avtobus kerak. Uzoqdan kelayotgan avtobusga ko'zingiz tushadi va ko'zingiz orqali ko'rgan ma'lumotingiz miyyangizga uzatiladi. Shundan so'ng miyyangiz kelgan ma'lumot asosida shart tekshiradi. Agar yo'nalish raqami 11 bo'lsa, avtobusga chiq aks holda keyingisini kut degan buyruqni tanaga miyya uzatadi. Bu jarayon shunday tez bo'ladiki hatto sezmaymiz ham. Bu jarayonlar hayotimizning har daqiqasida, soniyasida yuz beradi. Endi bu shart tekshirishlarimiz javada qanday yozilishini ko'rib chiqamiz. If tanlash operatori turlari if ifodasi if-else ifodasi nested if ifodasi if-else-if ladder (narvon) If operatori shart tekshiradi agar shart true(rost) bo'lsa amal bajariladi aks holda shart bajarilmaydi. If operatori, butun kod ishlashini ikkita yo'ldan biriga yo'naltirib yuboradi, ya'ni qo'yilgan shart asosida kompilyator biror yo'lni tanlab, o'z ishini davom ettiradi. if(shart){ //code to be executed } Misol: Tasavvur qiling, do'konga xaridor kirib tamaki maxsulotini sotib olmoqchi bo'lib, sotuvchidan tamaki mahsulotini so'radi. Sotuvchi xaridordan yoshini so'radi va xaridor sotuvchiga yoshi 17 da ekanligini aytdi. Qonunga ko'ra 18 yoshdan kichik bo'lgan xaridorlarga tamaki sotish ta'qiqlanadi. Keling endi sotuvchining miyyasida qanday jarayon bo'layotganini dasturga o'girib chiqsak: Quloqlari orqali xaridorning yoshi nechida ekanligi miyadagi jarayon uchun kiruvchi qiymat bo'lib kirib keldi. Bu jarayonni javada dastur ko'rinishi: public class IfExample { public static void main(String[] args) { int xaridorningYoshi=17; if(age < 18){ Sytem.out.print("Tamaki mahsuloti sotilmasin"); } } } Download 35.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling