Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Ferment tashuvchi bog‘ini mustahkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Ferment tashuvchi bog‘ini mustahkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar 
Immobilizatsiya bo‘lgan fermentni tashuvchi satxidan oson yuvilib 


74 
ketmasligi uchun adsorbsiya qilingan ferment qatlami bifunksional agentlar bilan 
ishlov beriladi. Natijada, tashuvchi satxida Fermentlarni bir-birlariga bog‘langan 
holatidan iborat yupqa plenka hosil bo‘ladi. Bifunksional agent sifatida 
glutaraldegid, gossipol va boshqalapHi ishlatish mumkin. 
Immobilizatsiya qilishni original yo‘li professor K.Martinek tomonidan 
namoyish etilgan. Buning uchun qisman kimyoviy destruksiyaga uchragan neylon 
iplaridan foydalaniladi. Tashuvchi, ferment eritmasiga solinadi va mexanik 
tortiladi, natijada neylonni g‘ovaklari yiriklashib, unga fermentning joylashishi 
osonlashadi. Ma’lum vaqtdan keyin tortib turgan kuch olinadi va neylon yana o‘z 
holatiga keladi, ferment esa g‘ovaklarda siqilib qoladi. Elektr toki yordamida 
ushlash usuli, immobilizatsiyaning yangi usullaridan bo‘lib, membranalar 
yordamida ajratilgan elektrodlar bilan kollektorlarda elektr maydoni hosil qilinadi. 
Kollektor qilib silikagel, ion almashuv smolalari, minerallar ishlatilishi mumkin. 
Ferment kollektorlarda elektrostatik va dipol-dipollik o‘zaro ta’sir kuchlari orqali 
ushlanib qoladi. Bu usulni yomon tomoni shundan iboratki, immobilizatsiya tizimi 
hamisha elektr toki ta’sirida bo‘lishi shart. Tok uzilsa yoki o‘chsa ferment 
tashuvchidan yuvilib ketadi. 
Adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishning afzalligi va kamchiliklari 
Afzalligi 
Kamchiligi 
Sorbentning arzonligi 
Ferment va tashuvchi orasidagi
bog‘ni mustaxkam emasligi 
EksperimentlapHi osonligi 
Umumiy yagona yo‘riqnomani 
yo‘qligi 
Bir vaqtni o‘zida fermentni
tozalash mumkinligi 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling