Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

pH belgilari 
Reaksiya muhiti immobilizatsiya qilish jarayonida juda katta ahamiyatga 
ega, ayniqsa sorbsiya, elektrostatik o‘zaro ta’sir yordamida amalga oshirilgan 
holatlarda. 
Bunga asosiy sabab pH o‘zgarishi bilan oqsil yoki tashuvchining sorbsiya 
uchun javobgar bo‘lgan ionogen guruhlapHi ionizatsiyasi o‘zgaradi. Ionalmashuv 
xossalariga ega bo‘lmagan tashuvchilardan foydalanganda, sorbsiya oqsil yoki 
fermentni izoelektrik nuqtasida amalga oshirilsa yaxshi natija beradi. 
Ammo bu qonuniyatni chetlab o‘tish hollari ham uchrab turadi. Masalan, 
albuminni lateksga sorbsiya bo‘lishini har xil pH da o‘rganib chiqilganda bu 
jarayonni pH ga aloqadorligi W simon bo‘lganligi, ko‘mirda adsorbsiya qilinganda 
esa mo‘tadil pH 3 dan 6 gacha o‘zgarishi, bu o‘zgarish ko‘mipHi tabiatiga 
bog‘liqligi isbotlangan. 
Ion kuchi 
Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘lanishni kuchiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omildir. TuzlapHi yuqori miqdorda tashuvchi sirtidan elektrostatik yo‘l bilan 
bog‘langan fermentni siqib chiqaradi. 
Boshqacha qilib aytganda, ion kuchini oshishi bilan fermentni desorbsiyasi 
oshib boradi. Ba’zi hollarda bunga aksincha ta’sir ham uchrab turadi, buni oqsilni 
"tuzlanishi" deb ataladi. 
Fermentning miqdori 
Eritmada fermentni miqdori oshib borgan sari, uni sorbsiya bo‘lishi va 
immobilizatsiya bo‘lgan fermentni katalitik faolligi oshib boradi. 
Immobilizatsiya bыlgan ferment faolligini, eritmadagi ferment miqdoriga 
nisbatan taqqoslab o‘rganganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fermentni eritmadagi 
miqdorini oshib borishi bilan ma’lum nuqtagacha fermentni katalitik faolligi oshib 
boradi va undan keyin o‘zgarmasdan qoladi va hatto kamayishi ham mumkin. 
Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, fermentni faolligi tashuvchi satxini butunlay 
qoplab olgunga qadar faollik oshib boradi, keyin esa ferment 2-chi, 3-chi qavat 
hosil qiladi va x.k. Oxirida, tashuvchining eng tepa qismida yopishgan fermentlar 


72 
faollik ko‘rsatadi, tagida qolganlari esa substrat bilan aloqa qilaolmaydilar va o‘z-
o‘zidan "ishsiz" qoladilar. SHuning uchun ham immobilizatsiya bo‘lgan fermentni 
faolligi kamayadi. 
Harorat 
Haroratni oshishi adsorbsiya jarayoniga ikki xil ta’sir qiladi. Birinchidan, 
haroratni oshishi fermentni inaktivatsiyasiga (denaturatsiya) olib keladi, ikkinchi 
tomondan esa haroratni oshishi fermentni tashuvchi g‘ovaklariga diffuziyasini 
kuchaytirish hisobidan, ferment faolligini oshishiga olib keladi. 
Demak, adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilishni mo‘tadil sharoiti 
bo‘lish kerak. Bunday harorat adsorbsiya qilinadigan fermentni tabiati va tashuvchi 
satxiga bog‘liq bo‘lib, har bir ferment yoki tashuvchi uchun qator tajribalar orqali 
topiladi. 
SHunday qilib, Fermentlarni adsorbsiya yo‘li bilan immobilizatsiya qilish 
bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, faqat tajribalar asosida aniq topiladi. Quyida 
ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‘ni kuchaytirishga xizmat qiluvchi omillar 
haqida fikr yuritamiz. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling