Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Immobilizatsiya qilish usullari
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik polimerli tashuvchilar
Immobilizatsiya qilish usullari
Immobilizatsiya qilish usullari ikkiga bo‘linadi: fizikaviy yo‘llar bilan immobilizatsiya qilish; kimyoviy yo‘llar bilan immobilizatsiya qilish; Har qaysi usulda immobilizatsiya qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak; "tashuvchilar" (sorbentlar) ning tabiati va fizik-kimyoviy xususiyati organik va noorganik tabiatga ega bo‘lishlari mumkin. Immobilizatsiya qilishga mo‘ljallangan "tashuvchi" larga quyidagi talablar qo‘yiladi: kimyoviy va biologik mo‘tadillik; mexanik nuqtai nazardan mustahkamlik; ferment va uni substrati uchun o‘tkazuvchanlik; texnologik jaroyonlar uchun zarur bo‘lgan shaklda olinishi osonligi (granula, membrana, varak va xokazo holatda). reaksion shaklda tez kirishi; yuqori gidrofilligi (immobilizatsiya jarayonini suvli muhitga o‘tkazish uchun); arzonligi. Tabiiyki, bu talablarni barchasiga javob beraoladigan tashuvchilar yo‘q. SHu sababli ham immobilizatsiya uchun juda ham ko‘p materillardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Organik polimerli tashuvchilar Bunday polimerlarni ikki sinfga bo‘lish mumkin: tabiiy polimerlar va sun’iy polimerlar. O‘z navbatida tabiiy polimerlarni ham biokimyoviy xossalariga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin; polisaxaridlar; oqsil, lipid tabiatli tashuvchilar. Sun’iy, ya’ni sintez yo‘li bilan olingan polimerlar ham guruhlarga bo‘linadi, masalan, makromolekularni asosiy zanjirni kimyoviy tuzilishiga qarab, polimetilenlik, poliamidlik, poliefirlik tashuvchilar va x.k. Immobilizatsiya qilish usulli, fermentni xususiyatini va ishlatilishiga qarab, 67 "tashuvchi"larga bir qator qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: kovalent immobilizatsiya qilinganda "tashuvchi" fermentni faolligini belgilovchi qismi bilan bog‘lanmasligi lozim; (fermenti faollik markazi o‘z holda bo‘lishi shart), ferment faolligini pasaytirish xususiyatlari bo‘lmasligi shart. Immobilizatsiya qilish jarayonida quyidagilarni bilish lozim; "Tashuvchi" va ferment har xil zaryadlarga ega bo‘lsalar, immobilizatsiya jarayoni tez va mustahkam kechadi, aksincha bir xil zaryadga ega bo‘lsalar jarayon qiyin kechadi; "tashuvchini" zarrachalari qancha kichik bo‘lsa, sorbsiya qilish xususiyati shuncha baland bo‘ladi. Immobilizatsiya jarayonida ko‘proq polimetilen tipidagi "tashuvchi" lar boshqalarga nisbatan kengroq ishlatiladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling