Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Fermentlar faolligining fosforillanish – defosforillanish yo‘li bilan


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Fermentlar faolligining fosforillanish – defosforillanish yo‘li bilan 
boshqarilishi. Proteinkinazalar oqsillarning fosforillanishini katalizlaydilar. 
Fosforillanuvchi oqsillar ham ferment bo‘lsalar, unda fosforillanish natijasida ba’zi 
fermentlarning faolligi pasayadi, ba’zi fermentlarning faolligi ortadi. Masalan, 
yog‘ to‘qimasi hujayralarida ikki xil shaklda uchraydigan lipaza fermenti bor. Bu 
shakllar bir-biriga o‘tib turishi mumkin. Fosfoprotein proteinkinaza ta’siri 
natijasida hosil bo‘ladi: 
Lipaza + ATF → Lipaza.OPO
3
H
2
+ ADF 


60 
Fosforlangan 
lipaza 
yana 
qaytadan 
oddiy 
oqsil 
shakliga 
fosfoproteinfosfataza (fosfoproteinlardan fosfor kislotani gidrolitik yo‘l bilan 
ajratuvchi ferment) yordamida o‘tishi mumkin: 
Lipaza.OPO
3
H
2
+ H
2
0 → Lipaza + H
3
PO
4
Fosforillangan lipaza fosforillanmagan lipazaga nisbatan yuqori faollik 
xususiyatiga ega. Proteinkinazalar – spetsifikligi bilan bir-biridan farqlanuvchi 
fermentlar guruhidir: turli proteinkinazalar turli oqsillarni fosforlaydilar. Bunday 
mexanizm ko‘pchilik fermentlar faolligini boshqaradi. 
Adenilat sinlaza sistemasi. Adenilatsiklaza va proteinkinazalar bir butun 
boshqarilish sistemasini hosil qiladi, hujayra sirtidan ichiga fiziologik signal 
o‘tkazishga imkon beradi. Ba’zi gormonlar signalning birinchi xabarchisi bo‘lib, 
adenilatsiklazani faollashtiradilar. Natijada sAMF hosil bo‘ladi. Ikkinchi (hujayra 
ichi) xabarchi signal; sAMF proteinkinazani faollaydi, proteinkinaza ba’zi 
fermentlarni fosforlab, ular faolligini o‘zgartiradi. Bu yo‘l bilan gormon hujayra 
ichiga kirmay turib undagi metabolizmni o‘zgartiradi. Qisman proteoliz yo‘li bilan 
faollantirish. Ko‘pchilik fermentlar faol bo‘lmagan oqsillardan (proferment) peptid 
zanjirining bir qismini ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladilar. Masalan, 
oqsillarni hazmlashda ishtirok etuvchi proteolitik ferment tripsin proferment 
tripsinogendan hosil bo‘ladi. Tripsinogen oshqozon osti bezi hujayralarida 
sintezlanadi va pankreatik shira bilan o‘n ikki barmoqli ichakka ajralib chiqadi. 
Ichak hujayralari proteolitik ferment enteropeptidazani ishlab chiqaradilar, u 
tripsinogen molekulasi Noxiridan geksapeptidni ajratadi:. Adenilatsiklaza va 
proteinkinazalar bir butun boshqarilish sistemasini hosil qiladi, hujayra sirtidan 
ichiga fiziologik signal o‘tkazishga imkon beradi. Ba’zi gormonlar signalning 
birinchi xabarchisi bo‘lib, adenilatsiklazani faollashtiradilar. Natijada sAMF hosil 
bo‘ladi. Ikkinchi (hujayra ichi) xabarchi signal; sAMF proteinkinazani faollaydi, 
proteinkinaza ba’zi fermentlarni fosforlab, ular faolligini o‘zgartiradi. Bu yo‘l bilan 
gormon hujayra ichiga kirmay turib undagi metabolizmni o‘zgartiradi. Qisman 
proteoliz yo‘li bilan faollantirish. Ko‘pchilik fermentlar faol bo‘lmagan oqsillardan 
(proferment) peptid zanjirining bir qismini ajralib chiqishi natijasida hosil 


61 
bo‘ladilar. Masalan, oqsillarni hazmlashda ishtirok etuvchi proteolitik ferment 
tripsin proferment tripsinogendan hosil bo‘ladi. Tripsinogen oshqozon osti bezi 
hujayralarida sintezlanadi va pankreatik shira bilan o‘n ikki barmoqli ichakka 
ajralib chiqadi. Ichak hujayralari proteolitik ferment enteropeptidazani ishlab 
chiqaradilar, u tripsinogen molekulasi N-oxiridan geksapeptidni ajratadi: 
enteropeptidaza

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling